Milliy sport turining ahamiyati
Milliy sport turlarining barchasi ota-bobolarimizning yashash tarzi, madaniyati va dunyoqarashidan kelib chiqqan holda rivojlangan. Turli o‘yinlar va mashqlar tufayli ajdodlarimizda har qanday holatdan olib chiqadigan chaqqonlik, yakkama-yakka olishuvga xos uquv shakllangan. Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari yoshlarni sog‘lom voyaga yetkazish, ularga ta’lim-tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab avaylashda ularning o‘rni beqiyos. Ushbu sport turlari o‘ziga xos qadriyat sifatida avlodlardan avlodlarga o‘tib boradi. Ularni ardoqlagan yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usi shakllanib boradi, xalqimizning an’ana va
urf-odatlarini e’zozlash hissi yanada kuchayadi.
24-BILET
1. “Akademik Flora Inoyatova” matnini o’qing, matn mazmunini so’zlab bering
Akademik Flora Inoyatova
Tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi Flora Inoyatova mamlakatimizda yangi avlod pediatr-gepatologlar ilmiy maktabini yaratgan atoqli olimadir. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiy markazi gepatologiya bo‘limining rahbari sifatida Flora Inoyatova zamonaviy o‘zbek tibbiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shmoqda. Atoqli olimaning jigar sirrozini davolash bo‘yicha yaratgan ilmiy tadqiqotlari
dolzarbligi, keng qamrovliligi, sog‘liqni saqlash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligi jihatidan muhim ahamiyat kasb etadi. Uning kashfiyotlari Rossiya, Hindiston kabi davlatlarning nufuzli xalqaro mukofotlari bilan taqdirlangan. Akademik Flora Inoyatova O‘zbekiston Respublikasining
fan va texnika sohasi bo‘yicha 1- darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
2. Gap bo‘laklari va ularning vazifalarini misollar bilan tushuntiring
Gapda biror so‘roqqa javob bo‘lgan, o‘zaro tobe bog‘langan so‘z yoki so‘z birikmasi gap bo‘lagi deyiladi. Gap bo‘laklari ikkiga ajratiladi:
1. Bosh bo‘laklar: kesim, ega.
2. Ikkinchi darajali bo‘laklar: aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol.
Bosh bo‘laklar gapning asosiy grammatik asosini tashkil qiladi. Gapda kesim bilan bog‘lanib, shu kesimdagi qo‘shimchalar ifodalagan shaxs-sonni bildiruvchi va kim?, nima?, qayer?
so‘roqlariga javob bo‘ladigan bo‘lak ega deyiladi. Ega quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi:
1. Ot bilan: Shamol gul hidlarini atrofga taratdi.
2. Sifat bilan: Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin.
3. Olmosh bilan: Ular to‘garak mashg‘ulotlariga muntazamqatnashar edilar.
4. Son bilan: Ikkovimiz biroz aylandik.
5. Harakat nomi bilan: O‘qish boshlandi.
6. Ravish bilan: Ko‘plar qatnashdi.
7. Modal so‘zlar bilan: Bor – boricha, yo‘q – holicha.
8. Sifatdosh bilan: Uqqan o‘zar, uqmagan to‘zar.
9. Ibora bilan: Uning yuziga oyoq qo‘yish axloqimizga zid
3. Sog’lik haqidagi maqollardan 2 tasini aytib bering va ma’nosini tushuntiring.
Sog‘ tanda sog‘lom aql.
Sport – salomatlik garovi.
|
Bilagi zo‘r birni yiqar,
Bilimi zo‘r – mingni.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |