23-BILET
1. “Orzular qanotida” matnini oģqing, matn yuzasidan savollar tuzing.
Orzular qanotida
Orzu-havas hosildor tuproqqa o‘xshaydi. Yer bag‘riga qadalgan cho‘p niholga aylangani, o‘sgani kabi orzu ham inson qalbini gullatadi. Unga mehrdan, muhabbatdan sayqal berilsa, ezgu niyatlar tomon yetaklaydi. Astoydil qilingan orzu, intilgan maqsad muvaffaqiyat kalitidir. Orzuga yetkazadigan kalit qanday qo‘lga kiritiladi?
Bolalikdagi hayrat, ajoyibot, yengilgina urinishlar orqasidanmi yoki yaqinlaringning senga bildirgan ishonchlaridanmi? Har holda orzumaqsadlar ortida ko‘z ilg‘amas olis manzillar, mashaqqatli mehnat, bedor tunlar bor!
Inson hayotda yashar ekan, nimanidir orzu qiladi, kimgadir suyanadi, uni umrining mazmuni deb biladi. Bolalikda har bir o‘g‘il-qizning orzusi osmon qadar bo‘ladi. Harbiy akalariga havas qilib, ulg‘ayganda askar bo‘lishni orzu qilgan bolakayning intilishlariga olam havas qilsa arziydi.
Bu hayot juda tez, boshdagi do‘ppini bir aylantirguncha, o‘tadiketadi. Shu qisqa fursatda inson xalq uchun, Vatan uchun, o‘z farzandlari va nasllar uchun savobli ishlar qilib ulgurishi kerak.
Oliyjanob xalqimizning ezgu tasavvur va tushunchasiga ko‘ra, har bir odam dunyoga kelib, uchta xayrli ishni ado etishi lozim.
Birinchisi, sog‘lom va oqil farzand tarbiyalab voyaga yetkazish. Ikkinchisi, o‘z oilasi, farzandlari uchun imorat qurish. Uchinchisi, kelajakni o‘ylab, yaxshi niyat bilan daraxt o‘tqazish. Bu insoniy
intilishlarda millatimizning barkamol avlod haqidagi orzu-umidlari o‘z aksini topgan.
1. Orzu-havas deganda nimani tushinasiz?
2. Bolalikdagi orzuingiz bilan bugungi kundagi orzuingiz haqida qaanday farqlar bor?
3. Orzuga yetkazadigan kalit qanday qo‘lga kiritiladi?
2. Berilgan gaplarga “har” yoki “hech” so’zlaridan mosini qo’yib yozing
...... faslning o’z ziynati bor, ... faslning o’z tarovati. Savob ishni ... kim ... kun qilishi kerak. Biz ... kimdan kam emasmiz. ..... yerni qilma orzu, ... yerda bor toshu tarozu.
Har faslning o’z ziynati bor, har faslning o’z tarovati. Savob ishni har kim har kun qilishi kerak. Biz hech kimdan kam emasmiz. Har yerni qilma orzu, har yerda bor toshu tarozu.
3. O‘zbek milliy sport turlari haqida nimalarni bilzsiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |