O’zbekiston askari
Qadamingdan o‘t chaqnar,
Liboslaring yarashar,
Ko‘rganlar havas qilar,
O‘zbekiston askari!
Sen o‘z o‘rning sardori,
Himoyangda yosh-qari,
Yo‘latmagin dushmanni
O‘zbekiston askari!
Tomirda qaynoq qoning,
Qadrlidir har oning,
Oshgay shuhrat va shoning,
O‘zbekiston askari!
|
Sergak turgin, charchama,
O‘zbekiston askari!
Ardoqlaydi Vatanni,
Bag‘ishlab jon-u tanni,
Ozod yurtim bor deb ayt,
Yuzing yorug‘ bo‘lib qayt,
Faxr aylab bitgum bayt –
O‘zbekiston askari!
|
|
|
2-BILET
1. “Yaxshilik yerda qolmas” matnini o’qing va mazmunini ochib beradigan savollar tuzing.
Yaxshilik yerda qolmas
Ari suv ustida uchib yurib, birdan suvga tushib ketdi. Qanotlari ho‘l bo‘ldi. Arining uchishga kuchi yetmadi. Shu payt arini kabutar ko‘rib qoldi. Unga rahmi keldi. Kabutar cho‘pni tishlab, suvga tashladi. Ari cho‘pni kema qilib, halokatdan qutuldi. Bir bola tuzoq qo‘yib, kabutarni tutmoqchi bo‘ldi. Ari buni ko‘rib qoldi. U shu zahoti kelib, bolaning qulog‘ini chaqdi. Bola og‘riqqa chidolmay tuzoqni tashlab, qulog‘ini ushladi. Kabutar uchib ketib, falokatdan qutuldi.
1. Matnda qanday fazilat aks etgan.
2. Bola, kabutar obrazlariga tavsif bering.
3. Hayotda shunga o‘xshash voqealarni kuzatganmisiz.
4. Yaxshilik haqida yana qanday asarlarni o‘qigansiz.
2. Aniqlovchilar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? Misollar orqali tushuntiring.
Aniqlovchi gapning biror bo‘lagini aniqlab, narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmi, kim yoki nimaga qarashliligini bildiradi. Aniqlovchi ega, to‘ldiruvchi, kesim va holga bog‘lanadi. Aniq
lovchilar qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, kimning?, nimaning?, qayerning? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Masalan: Bizning qudratli binolarimizga nazar tashlang.
3.Nima sababdan Vatanni onaga tenglashtiramiz ? Fikringizni bildiring
Vatan – uyimiz, qishlog’imiz, shahrimiz va qolaversa diyorimizdir! Biz bu o’lkada tug’ildik, o’ndik, o’sdik … (oquvchining shaxsiy fikri)
3-BILET
1. “Ilm va uning xosiyatlari” matnini o’qing va o‘z munosabatingizni bildiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |