Vatanni his etish
Jahon ayvonida gullagan yurtim,
Bag‘ringda quyoshning mehrini ko‘rdim.
Tog‘laringda tuydim qudrat, sabrni,
Qalbingga joylabsan ikki nahrni.
|
Vodiylaring misli go‘zal kelinchak,
Bog‘larda shabboda o‘ynar belanchak.
Dashting, sahrolaring – behuda kenglik,
Qalbingday bepoyon – osmonga tengdek.
|
Momolar ertagin tinglab, yondim men,
Tarix bulog‘idan ichib, qondim men.
Dilimga sig‘dirdim seni boricha,
Buncha tabarruksan, ulug‘san buncha…
|
2. Kititma gap haqida ma’lumot bering. Misollar bilan tushuntirib bering
So‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikrga qo‘shimcha mulo hazasini bildirgan gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap asosiy fikrni to‘ldirish, izohlash uchun ishlatiladi. Kiritma gap yig‘iq gap bo‘lsa, vergul bilan ajratiladi, agar yoyiq bo‘lsa, tire yoki qavs bilan ajratiladi.
Masalan: Bu, Salim aytmoqchi, ularning asosiy maqsadi bo‘lgan. Biz (bu safar menga Maktuba xola hamroh bo‘ldi) qishloqqa kechqurun, qosh qorayganda kirib bordik
3. Sh. Rasulovaning “Mening tengdoshlarim” she’rini yoddan ayting.
Mening tengdoshlarim
Tengdoshlarim, safdoshlarim,
Sho‘x-shodon bolaligim.
O‘z ko‘cha, uyimdagi,
Yoqimli qiliqlaring.
Sening yurish-turishing,
Menga juda tanishdir.
|
Axloq-odob, o‘qishing,
Ko‘zgu kabi aniqdir.
Tengdoshlarim, safdoshlarim,
Mening sho‘x bolaligim.
Axloq-odob, o‘qishda,
Namuna bo‘ling doim.
Shoira Rasulova
|
9-BILET
1. “O‘zbekiston milliy sporti dunyoni zabt etmoqda” matnini o’qing, matndagi milliy sport o‘yinlaridan biri haqida so‘zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |