Ilm va uning xosiyatlari
Olim kishilar har yerda aziz va hurmatdadirlar. Shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo‘lish kerak. Ilmsiz inson – mevasiz daraxt. Demak, hamisha ilmlilar safida bo‘lishga intilmoq lozim.
Ilm martabasi martabalarning eng zo‘ridir. Shu sababli yoshlikdan ilm olish payida bo‘lish zarur.
Ilm – saodatga yo‘llovchi mash’al. Shu tufayli uning insonlar hayotidagi o‘rni nihoyatda katta.
Beshikdan to qabrgacha ilm izlamoq darkor. (o’quvchining shaxsiy fikrini bilish)
2. Shaxsi topilmas gaplarga misollar keltiring
Shaxsi topilmas gaplar egasini topib ham, gap tarkibiga kiritib ham bo‘lmaydigan gaplardir. Masalan: U yerda intizom haqida so‘zlashga to‘g‘ri keldi. Shaxsi topilmas gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatdagi fe’llar, bo‘ladi, bo‘lmaydi so‘zlari, -mas qo‘shimchali so‘z, harakat nomidan keyin kerak, zarur, lozim, mumkin so‘zlarini keltirish orqali ifodalanadi.
Masalan: Muammoni shu yo‘l bilan hal qilsa bo‘ladi. Bu topshiriqni puxta bajarish kerak
3. Bilim haqida maqollar ayting
4-BILET
1. “Inson yaxshilik uchun yaratilgan” matnini o’qing va mazmunini ochib beradigan savollar tuzing.
Inson yaxshilik uchun yaratilgan
Yaxshilik bu jamiyat uchun tinmay mehnat qilish, xalq sha’niga dog‘ tushirmaslik, ko‘pchilik manfaatiga qarshi ish tutmaslik, o‘z xalqiga xiyonat qilmaslik, ziyon yetkazmaslikdir. Yaxshilik vijdonli, muomalali, madaniyatli, kamtar, oliyjanob, haqgo‘y bo‘lish, inson taqdiri haqida chinakam g‘amxo‘rlik qilish, bir-biri bilan hamkor bo‘lish demakdir. Halol mehnat qilish yaxshilikdir. Yaxshilik qonuni asosida yashamoq barhayotlikdir. Donolar deydiki: „Birovga yaxshilik qilsang, o‘ziga bildirmay qil“, „Birovga yaxshilik qilsang, yaxshilik qaytadi“.
Do'stlaringiz bilan baham: |