Bilet. Marjinalizm


Download 32 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi32 Kb.
#1491456
1   2
Bog'liq
5-bilet ITT

2.Monetarizm.Keynschilikka muqobil ravishda AQSHda neoliberalizmning Chikago maktabi vujudga keldi. Uning monitar (pul bilan bog'liq) g'oyalari Chikago universitetida 20-yillarda paydo bo'ldi. Ammo neoliberal yo'nalish harakatida Amerika monetarizmi mustaqil keyinschilik ilg'orlik pozitsiyalarni faqat 50-yillar oxiri - 60-yillar boshida egalladi. Bunda M.Fridmen (1912-2006) nashrlari muhim ahamiyat kasb etdi (1976- yilgi iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti laureati). Fridmen va uning safdoshlari Keynsning pulsiz omillari (masalan,investitsiyalar) o'miga aynan pulli omilhmi afzal ko'rdilar. 1958-yilda A. U. Fillipsning empirik egri chizig'i paydo bo'lishi bilan pul hisohdagi ish haqining yiHik foiz o'zgarishi va ishsizlik darajasi (hissasi) o'rtasidagi bog'lanish aniqlandi. Bunda 1861-1913-yillar Anglivadagi real ma'lumotlardan foydalanilgan. 1964-yil P.Samulson Ekonomiks» darsligining 6-nashriga shu grafikni kiritdi va uni «Fillips egri chizig'i» deb atadi. Awalgi tadqiqotlarda (masalan, Keyns) inflatsiyasiz to'la bandlik iqtisodiy siyosatning maqsadi sifatida qarab kelinar edi. Bu egri chiziqqa ko'ra, baho1ar mo'tadilligi va ishsiz1ik nomuvofiq hodisa1ar bo'lib chiqdi. Ular askincha, konfliktli maqsad1ar ekan: ishsizlikni kamaytirishga inflatsiyani kuchaytirish yo'li bilan erishiladi, inflatsiyani pasaytirish esa, odatda, ishsiz1ar ko'payishini taqozo etadi. Shunday qilib, bir vaqtining o'zida turg'un baho1ar va to'la band1ikka bo'lgan ishonch, barqaror baho va to'la bandlik o'rtasida tanlash bilan o'rin almashdi. M.Fridmen va uning safdoshlari Fillips egri chizig'ini har tomonlama o'rganib, (egri chiziq) har doim ham turg'un emasligini aniq1adi. Ayniqsa, 60-yillar oxirida ko'pgina marnlakatlarda inflatsiya o'sishi «mantiq»qa qarama-qarshi ishsizlikning pasayishi emas, balki uning o'sishi va 70-yillar boshida esa inflatsiya va ishsizlikning bir vaqtda o'sishi bilan ro'y berdi.
3.Buyruqbozlik.Insoniyat XXI asrga kelib, ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining mohiyatini chuqurroq anglash bilan bir qatorda, uning asoratlariga barham berishga astoydil kirishdi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi uchun sobiq mustabid tuzum merosi va soxta mafkuraning oqibatlari I.Karimov asarlarida umumlashtirilgan: 1. Bir yoqlama rivojlangan, mo'rt, zaif iqtisodiyotga asoslangan markazga qaram yarim mustamlaka mamlakat. 2. Boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz va ayovsiz foydalanishga hamda puxta yakkahokimligiga asoslangan iqtisodiy tizim. 3. Eng muhim oziq-ovqat mollari (un, shakar, gO'sht-sut mahsulotlari)va boshqa xalq iste'moli mahsulotlarining chetdan keltirilishi.4.Paxta xomashyosi mahsulotlarining tashib ketilishi, oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik aharniyatga ega materiallar, jahon bozorida o'ta xaridorgir bo'lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foydadan O'zbekiston xazinasiga tushmaslik.5.O'zbekiston aholisi turmush darajasi ko'rsatkichlarining sobiq SSSRdagi eng oxirgi o'rinlardan biriga tushib qolganligi. lO. Ekologik muammolarning keskinlashuvi, yer-suv resurslaridan ayovsiz foydalanish, yedar sho'rlanishining ortishi, cho'l zonalarining kengayishi. Keltrilgan ma'lumotlar va dalillar asosida bozor munosabatlariga o'tish zaruriyati to'g'risida I.Karimov shunday degan: « ... Bozorga o'tish muqarrar. Bu - davr amri, obyektiv reallikdir. Ayni vaqtda bozor faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni shakllantirish, odamlar faoliyatining sifat jihatdan tubdan yuqori darajasiga erishish uslubi va vositasidir» Bozor iqtisodiyotiga o'tish zaruriyati tashqi va ichki omillardan ham kelib chiqadi. Tashqi omillar:1. Davlatlararo hamkorlikda integratsion jarayonlarning kuchayishi2. Moddiy turmush farovonligi va iqtisodiy o'sish sur'atlari bo'yicha G'arbdan ortda qolishning kuchayishi va iqtisodiy tizim tanazzuli. Ichki omillar1.Mehnat unumdorligini oshirishni rag'batlantirishning pasayishi va mehnatga ishtiyoqsizlik va loqaydlikning ortishi.2. Texnika va texnologiya rivojlanishidagi turg'unlik.3. Korxonalararo raqobatning yo'qligi tufayli samaradorlikka moyillikning pastligi.4. Korxonalarning pul mablag'lari bilan ta'minlashda yagona davlat bank tizimining faol ishtirok eta olmasligi. Bank tizimining pul mablag'Iari ayianmasidan manfaatdorlikning pastligi. Ayniqsa, kredit siyosatining mijozlar moliyaviy imkoniyati bilan bevosita bog'Ianmaganligi.
Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling