Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
So’z yasovchi qo’shimchalar
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
So’z yasovchi qo’shimchalar
Soʻzga qoʻshimcha qoʻshish orqali yangi soʻz hosil qilish affiksatsiya usuli deyiladi: ishchi, oʻrmonchi, oʻyla, yopiq, ochiq. Bu usul eng faol usuldir. Soʻz yasovchi qoʻshimchalar qoʻshilish oʻrniga koʻra suffiks va prefiks xarakteridadir: betinim, tinimsiz. Soʻz yasovchi qoʻshimcha birdan ortiq qoʻshilishi mumkin: bil+im+don+lik. Agar qoʻshimcha oʻzbek tili soʻzlariga ham, boshqa til soʻzlariga ham qoʻshilib yangi soʻz yasasa, u soʻz yasovchi hisoblanadi: oilaviy, texnikaviy, mafkuraviy, fizikaviy kabi. Faqat oʻzlashma soʻz tarkibidagina uchrasa, bu soʻz yasovchi hisoblanmaydi: -ist: kommunist; -yat: majburiyat. Soʻz yasovchi qoʻshimcha sodda yoki qoʻshma boʻlishi mumkin: -chi, -la, -k, -sodda; -chilik, -garchilik qoʻshma. Soʻz yasash darajasiga koʻra qoʻshimchalar uchga boʻlinadi: 1. Unumli. 2. Kam unum. 3. Unumsiz. Unumli qoʻshimchalar: -chi, -la, -lik, -li, -chi, -dor. Kam unum: -dosh, -ma, -ch, -don. Unumsiz: -kash, -gʻon, -gar, -vul; -xona, -noma kabi qoʻshimchaoidlar ham soʻz yasash uchun xizmat qiladi: choyxona, ishxona, tabriknoma. Etimologik jihatdan soʻz yasovchilarning asosiy qismi oʻzbekchadir. Sinonimiya. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi. Sinonim leksema sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan bir xil bo‘lib, ifoda semasi farqlanadi. Misol sifatida [yuz]-[bet]-[aft]-[bashara]-[turq] qatorini keltirish maqsadga muvofiq. Ma’nodoshlik qatoridagi mazkur leksemalarning barchasida atash semalari bir xil: «odam boshi old tomoni», «peshonadan iyakkacha». Ammo ifoda semalari har bir leksemada o‘ziga xos. Aniqrog‘i, «shaxsiy munosabat» har bir leksemada boshqa-boshqa namoyon bo‘lgan. U [yuz] leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» ko‘rinishida bo‘lsa, [turq] leksemasida «o‘ta kuchli shaxsiy salbiy munosabat» tarzida. Ma’nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda semasi turli-tuman. Ulardan ayrimlari quyidagilar: 1) ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat sema; 2) leksemaning qo‘llanish davrini ko‘rsatuvchi sema: «eskirgan», «yangi», «o‘ta yangi», «arxaik», «tarixiy». 3) leksemaning qo‘llanilish doirasini ko‘rsatuvchi sema: «shevaga xos», «so‘zlashuvga xos», «kitobiy», «ko‘tarinkilik» va h. Ma’nodoshlik qatoridagi leksemaning bittasi dominanta (bosh) leksema bo‘lib, boshqalari shu leksema atrofida birlashadi, ma’nodoshlik qurshovi hosil qiladi. Dominanta leksemaning yuqorida sanalgan barcha ifoda semasi neytral, betaraf. Masalan, [katta]-[ulkan]-[bahaybat] sinonimik qatori «kitobiylik», «ko‘tarinkilik» ifoda semalari asosida tashkil topgan. Qatordagi katta leksemasida bu sema belgilanmagan (neytral), [ulkan] va [katta] leksemalarida ifodalangan, oydinlashtirilgan. Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling