Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


Download 150.76 Kb.
bet28/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari

Bilet№ 10

  1. Morfemika

Morfemika tilshunoslikning bir qismi bo‘lib, tildagi ma'noli qismlar haqida ta'limot beradi.
Tildagi bo‘linmas, eng kichik ma'noli qism morfema deyiladi.
Aqlli so‘zi ikki morfemadan tashkil topgan: aql+li. Aql o‘zak morfema bo‘lib, so‘zning asosiy leksik ma'nosini ifodalaydi. -li morfemasi esa o‘zak morfema orqali ifodalangan belgi yoki predmetga egalik ma'nosini bildiradi. Ko‘rinadiki, morfemalar ikki ko‘rinishga ega:
1. O‘zak morfema.
2. Qo‘shimcha morfema (qo‘shimcha).
So’zda, albatta, ishtirok etadigan, leksik ma'no ifodalaydigan morfema o‘zak morfema deyiladi. O‘zak morfema so‘z yasash uchun qam, forma yasash uchun ham asos bo‘la oladi. Chog‘ishtiring: ish+chi, paxta+zor, ish+ga, paxta+da.
Mustaqil leksik ma'no ifodalay olmaydigan, so‘zning leksik yoki grammatik ma'nolarining shakllanishida xizmat qiladlgan morfemalar qo‘shimcha morfema deyiladi: kuch+li, ish+la (so‘z yasayapti), uy+lar, uy+ga (shakl yasayapti).

  1. So‘zlararo ma’noviy munosabatlar haqida.

Leksik birliklar lisonda turli semantik munosabat asosida har xil paradigma hosil qilgan holda mavjud bo‘ladi. Sinonimik, antonimik, graduonimik, partonimik, giponimik munosabat ana shunday lisoniy munosabat.
Sinonimiya. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi.
Giponimiya. Leksemalararo semantik munosabatning yana bir turi giponimiya (aniqrog‘i, gipo-giperonimiya), ya’ni tur-jins munosabati. Giponimik munosabatda giperonim (jins) va giponim farqlanadi.
Antonimiya leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: [katta]-[kichik], [yosh]-[qari], [mitti]-[ulkan], [oq]-[qora] va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim.
Graduonimiya. Lug‘aviy birliklar o‘zaro ma’noviy munosabatiga ko‘ra ma’lum bir darajalanish qatorini hosil etishi fanga qadimdan ma’lum va uning eng yorqin namunasi - [o‘rta] so‘zini o‘z ichiga olgan so‘zlar qatori.

Download 150.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling