Unli fonemalar tasnifi.
Har bir til o‘zining unli tovushlar tizimiga ega. Bu tizim vokalizm deb ataladi. O‘zbek tilidagi unli tovushlar (a, i, o, u, o‘, e) uch tomondan tasnif qilinadi:
1.Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra.
1) old qator unlilar: a, e, i;
2) orqa qator unlilar: o, o‘, u.
2.Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra.
1) yuqori tor unlilar: i, u;
2) o‘rta keng unlilar: e, o‘.
3) quyi keng unlilar: a, o.
3. Lablarning ishtirokiga ko‘ra.
1) lablangan unlilar: u, o‘, o;
2) lablanmagan unlilar: i, e, a.
Bilet№ 11
Undosh fonemalar tasnifi.
Undosh tovushlar tizimi tilda konsonantizm deb yuritiladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 24 ta undosh tovush mavjud: b, v, g, d, j (jurnal so‘zidagi birinchi tovush), j (joy, jiyda kabi so‘zlardagi birinchi tovush), z, y, k, l, m, n, ng (tong so‘zidagi oxirgi tovush), p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘ , h. Sirg‘aluvchi j, f tojik va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarda keladi: foyda, oftob, fabrika, tafakkur, jurnal, ajdar. Undoshlar ham uch tomondan tasnif qilinadi:
1. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra
1) lab undoshlari : b, p, m, v, f
a) lab-lab undoshlari: b, m, p;
b) lab-tish undoshi: v, f.
2) til undoshlari : g, d, j (gijda so‘zidagi kabi), j (jiyda so‘zidagi kabi), z, y, k, l, n, ng (ong), r, s, t, x, ch, sh, q, g‘ (jami 18 ta).
a) til oldi undoshlari: d, j (jurnal), j (jahon), z, l, n, r, s, t, ch, sh (jami 11 ta );
b) til o‘rta undoshi: y;
d) til orqa undoshlari: k, g, ng (jang);
e) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘ , x.
Do'stlaringiz bilan baham: |