Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tilning tabiati va vazifalari
- 1. Kommunikativ vazifa
Fonema va Fonologiya.
Fonologiya so‘zi tarjima qilinganda “tovush haqidagi ta’limot” degan ma’noni bildiradi (phone – tovush, logos - ta’limot). Bu bo‘limda tovushlarning so‘z va morfemalar ma’nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadi. Agar fonetika bo‘limida tovushlarning fiziologik-akustik xususiyatlari tekshirilsa, fonologiyada, ta’bir joiz bo‘lsa, tovushning ijtimoiy mohiyati o‘rganiladi. Fonema so‘z ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turidir. Masalan: bal - bel –bil –bol – bo‘l so‘zlari tarkibidagi a, e, i, o, o‘ tovushlari so‘z ma’nolarini belgilash (ajratish)ga xizmat qiluvchi fonemalardir: bor, dor, zor, kor, nor, tor, xor, chor, qor so‘zlari tarkibidagi birinchi tovushlar ( b, d, z, k, n, t, x, ch, q ) ham shunday vazifa bajargan. Fonemalarning uch belgisi bor: 1. Akustikasi (eshitilishi). 2. Artikulyatsiyasi (aytilishi yoki talaffuzi). 3. Ma’no farqlashi (ba’zi darsliklarda “lingvistik tomoni” deyiladi) . Bular ichida fonemaning ma’no ajratish belgisi muhim hisoblanadi. Aks holda tovush fonema sanalmaydi. Tilning tabiati va vazifalari Til kishilarning o‘zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo‘lgan ehtiyoj natijasida paydo bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Til paydo bo‘lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan. Til jamiyat uchun, uning a’zolari bo‘lmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo‘lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi. Til jamiyatda quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Kommunikativ vazifa – axborotni uzatish va qabul qilish vazifasi. Bu tilning eng muhim vazifasidir. 2. Ma’rifiy vazifa – insonga bilim berish vositasi bo‘lib xizmat qilish. Mavjudotning mohiyatini, haqiqatini bilish “ma’rifat” deyiladi. Tilningta’limiy ahamiyati oddiy bilim bilan cheklanmay, ma’rifatni, ya’ni bilishning eng oliy martabasini ham o‘z ichiga oladi. Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling