Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Tilshunoslik bilan tilshunos faoliyati aloqadorligi. Tilshunoslik
- 5. Morfemika haqida tushuncha bering
- Bilet№ 19 Alifbo va uning ahamiyati.
a) jarangli undoshlarni (jami 9 ta): v, b, g, d, j (garaj), j (jo‘xori), z, y, g‘ .
b) jarangsiz undoshlar (jami 10 ta): k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h. 2) sonor (yoki shovqin ishtirok etgan ovozdor) undoshlar (jami 5 ta) m, n, ng, l, r 4. Tilshunoslik bilan tilshunos faoliyati aloqadorligi. Tilshunoslik fani kishilar tili haqidagi fan sifatida ijtimoiy-gumanitar fanlar guruhiga kiradi. “Tilshunoslik til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi haqidagi; muayyan tillarning ish ko‘rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan” Tilshunoslik fani hozirgi zamon fanining barcha asosiy turlari bilan bog‘liq. Tilshunoslik – ko‘p qirrali fan. U fan sifatida umumiy va xususiy, nazariy va amaliy tilshunoslikka ajratiladi. 5. Morfemika haqida tushuncha bering Morfemika tilshunoslikning bir qismi bo‘lib, tildagi ma'noli qismlar haqida ta'limot beradi. Tildagi bo‘linmas, eng kichik ma'noli qism morfema deyiladi. Aqlli so‘zi ikki morfemadan tashkil topgan: aql+li. Aql o‘zak morfema bo‘lib, so‘zning asosiy leksik ma'nosini ifodalaydi. -li morfemasi esa o‘zak morfema orqali ifodalangan belgi yoki predmetga egalik ma'nosini bildiradi. Ko‘rinadiki, morfemalar ikki ko‘rinishga ega: 1. O‘zak morfema. 2. Qo‘shimcha morfema (qo‘shimcha). So’zda, albatta, ishtirok etadigan, leksik ma'no ifodalaydigan morfema o‘zak morfema deyiladi. O‘zak morfema so‘z yasash uchun qam, forma yasash uchun ham asos bo‘la oladi. Chog‘ishtiring: ish+chi, paxta+zor, ish+ga, paxta+da. Mustaqil leksik ma'no ifodalay olmaydigan, so‘zning leksik yoki grammatik ma'nolarining shakllanishida xizmat qiladlgan morfemalar qo‘shimcha morfema deyiladi: kuch+li, ish+la (so‘z yasayapti), uy+lar, uy+ga (shakl yasayapti). Bilet№ 19 Alifbo va uning ahamiyati. Isloh qilingan yangi o‘zbek alifbosida 29 ta harf bor. Shulardan 3 tasi harfiy birikma: sh, ch, ng: Aa(1) Bb(2) Dd(3) Ee(4) Ff(5) Gg(6) Hh(7) Ii(8) Jj(9) Kk(10) Ll(11) Mm(12) Nn(13) Oo(14) Pp(15) Qq(16) Rr(17) Ss(18) Tt(19) Uu(20) Vv(21) Xx(22) Yy(23) Zz(24) O‘o‘ (25) G‘g‘ (26) Sh sh(27) Ch ch(28) Ng ng(29). Muayyan tartibda joylashtirilgan shakllar yig‘indisi alfavit deyiladi Tovushlar ikki turga bo‘linadi: 1) unli tovushlar, 2) undosh tovushlar. Ular unli va undosh harflar bilan belgilanadi. Hozirgi o‘zbek alifbosida 6 unli tovush va 6 ta unli harf bor (a, o, u, i, o‘, e). 24 ta undosh tovush 23 ta undosh harf bilan belgilab ko‘rsatiladi (b, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, r, s, t, v, x, y, z, sh, ch, ng). Har bir harfning bosh va kichik, bosma va yozma shakllari bor.Harflarning alfavit taritibini bilish muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki turli lug‘atlar, davlat idora organlarida, arxivlarda saqlanadigan hujjatlar, ro‘yxatlar alfavit tartibida tuziladi. Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling