Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Download 96.41 Kb.
bet12/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

Ko'z yoshi suyagi - os lacrimale ko'z soqqasining ichki devorini hosil qilishda qatnashadi. Yuqori qirrasi peshona suyagining burun qismi bilan, pastki qirrasi esa yuqori jag' suyagi bilan birlashadi. Medial yuzasi g'alvirsimon suyak bilan birlashsa, lateral yuzasi ko'z sohasini hosil etishda qatnashadi. Lateral yuzada qirra - crista lacrimalis posterior va ko'z yoshi egati - sulcus lacrimalis ko'rinadi. Bu egat yuqori jag' suyagi peshona o'simtasining xuddi shunday egati bilan ko'z yoshi xaltachasining chuqurchasi - fossa sacci lacrimalis ni hosil qiladi.
Burun suyagi - os nasale to'rt qirrali, yassi suyaklar turkumiga kiradi. Medial qirralari vositasida o'zaro birlashadi. Lateral qirralari esa yuqori jag' suyagining peshona o'simtasi bilan birlashadi. Yuqori qirrasi peshona suyagining burun qirrasi bilan birikadi. Pastki qirrasi erkin bo'lib, burun bo'shlig'ining noksimon teshigini chegaralab turadi. Burun suyagida g'alvirsimon suyak egati - sulcus ethmoidalis va mayda teshiklar - foramena nasalia bo'ladi

17.Kallaning yuz qismi suyaklari.Tanglay suyagi.Pastki burun chig’anog’i.
Tanglay suyagi - os palatinus yuqori jag' suyagi bilan ponasimon suyakning qanotsimon o'simtalari orasida joylashadi. (98-rasm). Tanglay suyagi gorizontal va vertikal plastinkalardan iborat. Gorizontal plastinka - lamina horisontalis old tomonda yuqori jag'ning tanglay o'simtasi bilan birikadi hamda qattiq tanglayni hosil qilishda qatnashadi va shu sababdan pastki yuzasiga - facies palatina, uning qirrasiga esa - crista palatina, yuqori yuzasi burun bo'shlig'iga qaraganligi uchun - facies nasalis deyiladi.
Burun bo'shlig'i yuzasining orqasidagi katta tanglay egati - sulcus palatinus major bo'lib, tanglay suyagining xuddi shunday egatlarining birikuvidan katta tanglay kanali - canalis palatinus major hosil bo'ladi. Yuqori jag' suyagining peshona o'simtasi ichki tarafdan burun suyagi bilan, yuqoridan esa peshona suyagining burun qismi bilan, orqa tarafdan ko'z yoshi suyagi bilan chegaralanib turadi. Bu o'simtaning ichki yuzasi burun bo'shlig'iga qaragan bo'lib, bu yuzada g'alvirsimon suyakning o'rta chig'anog'ining birikishi uchun qirra - crista ethmoidalis ko'rinadi

Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling