Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi


Download 1.38 Mb.
bet135/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi

1 mavzu. Psixologiya tarixi fanining predmeti vazifalari, prinsiplari va metodlari
Psixologiya tarixining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etish qonuniyatlarini o‘rganish.
2. U yoki bu psixologik konsepsiyalar va maktablarning paydo bo‘lish va rivojlanish sabablarini o‘rganish.
3. Psixologik bilimlar taraqqiyotini ijtimoiy – madaniy kontekstda o‘rganish.
4. Psixologiya taraqqiyoti tarixida shaxsning rolini o‘rganish.
Quyidagilar tarixiy – psixologik tadqiqotning asosiy prinsiplari bo‘lib hisoblanadi: 1) tarixiylik prinsipi, 2) sistemalilik prinsipi, 3) ilmiylik prinsipi, 4) tarixiylik va mantiqiylik birligi prinsipi, 5) determinizm prinsipi, 6) taraqqiyot prinsipi.
Psixologiya tarixining eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlari: 1) ilmiy maktablarni o‘rganish, 2) arxiv materiallarini o‘rganish, 3) intervyu, 4) ilmiy asarlarga murojaatlarni tahlil qilish, 5) biografik va avtobiografik metodlar hisoblanadi.
2 mavzu. Qadimgi sharq: misr, hindiston va xitoyda psixologik qarashlarning paydo bo‘lishi
Qadimgi SHarq, Misr, Xitoy va Hindistondan keyin falsafiy-psixologik tasavvurlar taraqqiyoti Gretsiyada o‘zining yangi bosqichiga ko‘tarildi. Afina eramizgacha V asrda falsafiy fikrning intensiv ishlash markaziga aylandi.
SHu davrda “donishmandlik o‘qituvchilari” - sofistlarning faoliyati avj oldi. Quldorlik demokratiyasi so‘zamol, bilimdon, rad qilish va isbotlash san’atini yaxshi egallagan odamlarni talab qiladigan turli tashkilotlarni yaratdi.
Demokrit Levkippdan keyin sababiylik tamoyilini o‘zida mujassamlashtirgan dunyoning atomistik modelini ishlab chiqdi. CHeksiz fazoda ko‘plab olamlarga birlashgan holda o‘zgarmas qonunlar asosida bo‘linmas va ko‘zga ko‘rinmaydigan zarrachalar uchib yuradi va ularning ichida bir muncha tezroq harakat qiladigan va olovsimon sharsimonlari ham bo‘lib ular ruhni tashkil qiladi, Ruh shunday qilib moddiylikning boshqacha ko‘rinishi, xolos.
Qadimgi Grek faylasuflarining ruh haqidagi tushunchalari salmoqli edi. Bu tushunchalar afsonaviy tasavvurlardan ilmiy tafakkurga o‘tishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Geraklitdagi shartlilik, Anaksagordagi tartiblilik va Demokritdagi sababiylik tamoyillari faqat moddiy tabiat uchungina emas, balki psixik faoliyat uchun ham qo‘llanishi mumkin degan g‘oya tasdiqlandi.
Sokrat falsafasi insonning irodaviy axloqiy sifatlari haqidagi ta’limot sifatida shu qadar mashhur ediki, uning traktatlari arab tiliga tarjima qilinib, musulmon olamida u Suqrot nomi bilan mashhur bo‘ldi.
Platon falsafada Sokrat va sofistlardan keyin axloq va siyosatni bir darajada o‘rgangan faylasufdir. Uning axloq va siyosat falsafasining asosiy mazmuni ijtimoiy adolat va individual sahovat tushunchalaridir. U o‘zining "Davlat" va "Siyosat" asarlarida davlat qurilishining etti tipini ishlab chiqdi.
Platonda falsafa muammolari matematik modellar yordamida hal qilishga harakat qilingan bo‘lsa, Aristotel ob’ektlarni bilishda biologik metodlardan foydalandi. Antik materializmning cho‘qqisi Demokrit ta’limoti edi. Aristotel o‘z ta’limotida jonni talqin qilishda Demokrit ta’limotida ko‘zga tashlangan barcha cheklanishlarni bartaraf qila oldi. Lekin Aristotel ilmiy qarashlarining shakllanishida Platon g‘oyalarining ahamiyatini aslo kamsitib bo‘lmaydi. Aristotel o‘zidan oldingi falsafiy-psixologik g‘oyalarni mantiqiy sintez qilibgina qolmay, ekologik, embriologik, qiyosiy-anatomik, zoologik faktlar asosida qurilgan o‘z ta’limotida yangi faktlarni tabiatshunoslik materiallari asosida ishlab chiqdi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling