Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


mavzu. Antik davr psixologiyasi. Jon haqidagi psixologik bilimlarning vujudga kelishi


Download 1.38 Mb.
bet136/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

3 mavzu. Antik davr psixologiyasi. Jon haqidagi psixologik bilimlarning vujudga kelishi
Antik psixologiyaning eng yuqori cho'qqisi Aristotelning ruh haqidagi mashhur ta’limoti hisoblanadi. Mashhur faylasuf Gegelb aytganidek, «biz psixologiyada ega bo‘lgan yaxshi narsalar - bu Aristoteldan olgan narsalarimizdir.
Aristotel «О dushe» ya’ni «Jon xaqida»» nomli traktida ruh muammosini sistemali o'rganishga bag‘ishlangan o ’z g‘oyalarini yoritib beradi. Shimoliy Gretsiya Stariga shahrida tabib oilasida tavallud topgan Aristotel 17 yoshda Platonga shogird bo‘lib tushgan. Ammo Platonning qarashlari yo‘lidan bormadi.
Aristotelga ko‘ra, ruh organik tananing shakli. Bu tanani Aristotel quyidagi metafora bilan tushuntirdi, «Agar ko‘z alohida tirik mavjudot bo‘lsa, ko‘rish qobiliyati uning ruhi bo‘lar edi. Ko‘rish qobiiiyatini yo‘qotgan ko‘z asiida ko‘z bo'lmaydi, u faqatgina ko‘z degan nomni saqlab qoladi, xolos. Bunday nomni chizilgan yoki biror narsadan yasalgan ko‘zga ham berish mumkin. Tiriklik ruhsiz bo‘lmaydi. Ruh tanani tirik qiladi. Tananing barcha xususiyatlari o‘sish. nafas olish, fikrlash asosida ruh turadi. Boshqacha aytganda tana va boshqa organlar ruh xizmatidagi quroldir. «Tana ruh uchun mavjuddir», deb yozadi. Aristotel ruhni tanadan ajratib bo‘lmaydi» degan qat’iy xulosaga keldi.
Materializm g'oyalari antik psixologiyada anatomiya va meditsinadagi yutuqlari bilan mustahkamlab qo‘yiladi. Er.av. 6 asrda yashagan tabib va faylasuf Olkmson Krotonskiy fan tarixida birinchi bo‘lib, fikrlarning bosh miyada tug‘ilishi to‘g'risidagi taxminni ilgari surdi».

  1. mavzu. Bilish jarayonlari haqida ta’limotlar. Oliy tafakkurning turi mavjudligi: fikrlovchi, mantiqiy, diskursiv tafakkur

Olam va uning qonunlarini bilish falsafiy dunyoqarash bilan bevosita bog‘langan masaladir. Shuning uchun ham dunyoni bilish masalasi doimo Falsafa fanining diqqat markazida bo‘lib kelgan.
Qadimgi Faylasuflar ham dunyoni bilish mumkinligini e’tirof qilganlar. Masalan, atomistik nazariyaning asoschisi Demokrit olamni bilish va haqiqatga erishish mumkinligini ta’kidlaydi. U bilish jarayonida hissiy jihat va tafakkur rolini oddiy va sodda holda ko‘rsatadi.
Bilish nima? Bilish – moddiy olamning inson ongida in`ikos etish jarayonidir, aniqrog‘i, bilish oddiy mexanik holdagi aks etish bo‘l- may, balki ob`yektiv olamdagi narsa-xodisalar-ning inson miyasida umumlashtirilgan, abstr-aktlashgan holdagi, ilmiy tushunchalar shakli-da aks etishdir.
Bilish bu tirik mavjudotlarning idrok, bilim va sub'ektiv xususiyatlaridan ma'lumotlarni qayta ishlash qobiliyatidir. U o'rganish, mulohaza yuritish, e'tibor,
xotira, muammolarni hal qilish, qaror qabul qilish yoki hissiyotlarni ishlab chiqish kabi jarayonlarni o'z ichiga oladi.


  1. Download 1.38 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling