mavzu. Ong haqidagi psixologik tasavvurlar. o‘rta asrlar va uyg‘onish davri evropa mutafakkirlarining psixologik g‘oyalari
Psixika voqelikning kishi miyasida aksi sifatida har xil darajalar bilan farqlanadi. Psixikaning odamga xos bo‘lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning, uni, yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo‘lib kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishini ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. Shu ma’noda ong, olimlarning ta’kidlashicha, (ijtimoiy mahsul) bo‘lib, anglagan borliqdan buyuk boshqa narsa emasdir.
Ong tushunchasi psixologiyada, psixiatriyada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflariga mos keladigan ma’noda ishlatiladi.
Psixiatorlarni bemorda ong bor yoki yo‘qligi, yo bo'lmasa buzilganligi masalalari doim qiziqtradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o'z o‘ziga qayerdaligi, vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to‘g‘risida o‘z shaxsiy holati ham harakatlari haqida hisob berish imkoniyatlarni tushunadilar. Ong yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o‘zidagi mavjud biiimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o‘zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga va faoliyat vaziyatga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o‘z xatti-xaraktini idora qiladi.
6 mavzu. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishining tabiiy ilmiy asoslari
XIX asrda evropa ilmiy fikri psixologiyaning ilmiy bilimlarning mustaqil sohasi sifatida shakllanishi jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan g‘oyalarni namoyon qila boshladi. Fizika, kimyo, meditsina, biologiya kabi ilmiy bilimlar sohalarining muvaffaqiyatli rivojlanishi psixologiyaning tabiiy-ilmiy asosi sifatida samarali rivojlanishiga turtki berdi.
Broka Pol (1824 – 1880), fransuz vrachi, antropologi va anatomi. 1850 yilda Pol Broka qadimiy parij qabristonida skeletlar qoldiqlarini o‘rganish bilan o‘z tadqiqotchilik faoliyatini boshlaydi. 1859 yili Pol Broka Parijda antropologik jamiyat tashkil qiladi. 1876 yilda Pol Broka Oliy antropologiya maktabi tashkil qilishning tashabbuskori bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |