Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet139/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Ebbingauz German (1850 – 1909), nemis psixologi. Gall va Berlin universitetlarida tarix – filologiya va filosofiyadan ta’lim olgan. 1890 yili G. Ebbingauz birinchi nemis psixologik jurnali – “Sezgi organlari psixologiyasi va fiziologiyasi jurnali”ni ta’sis qilgan.
Kyulpe Osvald (1862 – 1915), nemis psixologi, Vyursburg psixologiya maktabining asoschisi. Berlin, Gettingen va Leypsig universitetlarida ta’lim olgan. V. Vundtda assistent bo‘lib ishlagan. 1886 yili Vyursburg universitetida O. Kyulpe eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qilib tafakkur muammosi tadqiqotlari bilan shug‘ullana boshladi va shu bilan tafakkurni eksperimental o‘rganib bo‘lmaydi, deb hisoblagan V. Vundt pozitsiyasiga qarshi chiqdi.
Bine Alfred (1857 – 1911), fransuz psixologi, testologiyaning asoschilaridan biri. Parij yuridik litseyida yuridik ma’lumot olib, keyinchalik nevrologiya va patopsixologiya bilan shug‘ullangan. A. Bine kasbiy faoliyatini 1882 yilda Salpetrier klinikasida J.-M. SHarko rahbarligida gipnoz muammosini ishlashdan boshlagan.
1894 yilda A. Bine Sorbondagi psixologik laboratoriyani boshqargan. 1899 yili A. Binening tashabbusi bilan eksperimental pedagogika laboratoriyasi ochilib, unda buyuk iqtidorli odamlarning tafakkuri muvaffaqiyatli tadqiq qilindi.
Xoll Stenli (1844 – 1924), amerikalik psixolog, pedalogiyaning asoschilaridan biri, rekapitulyasiya nazariyasining muallifi hisoblanadi, unga ko‘ra ontogenetik taraqqiyot filogenetik taraqqiyotni takrorlaydi. Boshqacha aytganda, bola insoniyat tarqqiyotining hamma bosqichlaridan o‘tishi shart, u o‘z taraqqiyotining biron bir bosqichini chetlab o‘tishi mumkin emas. S. Xollning fikricha bolaning bir bosqichdan boshqasiga o‘tish mexanizmi o‘yin hisoblanadi.
Bixeviorizm – amerika psixologiya fanida alohida yo‘nalish sifatida XX asrning boshlarida paydo bo‘ldi. Bixeviorizmda tadqiqot predmeti sifatida xulq o‘rganilgan (behavior, inglizcha xulq). Xulqiy reaksiyalarni o‘rganish bilan ko‘plab tadqiqotchilar shug‘ullanishgan, ular orasida taniqlilari: D.B.Uotson, E.Torndayk va F.B.Skinnerlar hisoblanadi.
Geshtaltpsixologiya XX asrning boshlarida V. Vundtga oppozitsiya sifatida paydo bo‘lib, o‘z tadqiqot predmeti sifatida geshtalt (yaxlit strukturalar)ni o‘rgangan. Geshtaltpsixologlar idrok, tafakkur va psixik taraqqiyot singari ko‘plab fenomenlarni o‘rganib psixologik bilimlar taraqqiyotiga katta hissa qo‘shishdi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling