Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet46/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Galton Frensis (1822 – 1911), ingliz psixologi va antropologi. Kembridj universitetida tibbiy ma’lumot olgan.
1869 yilda F. Galton “Merosxo‘r geniy” nomli kitobini nashr qiladi, bu kitobda u Ch. Darvin g‘oyalari ta’sirida iqtidorni nasliy yo‘l bilan uzatilishi muammosini bayon qilgan. F. Galton psixologik xususiyatlar ota-onadan bolalarga nasliy yo‘l bilan uzatiladi deb, bu muammo faqatgina Ch. Darvinning irsiyat nazariyasi orqaligina ko‘rib chiqilishi mumkin, deb hisoblagan.
F. Galton psixologik xususiyatlarning shakllanishida nasliy omillarning rolini bo‘rttirib, tarbiya va ijtimoiy muhit bu jarayonga nisbatan oz ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblagan.
F. Galton “evgenika” deb atalgan o‘ziga xos ijtimoiy loyixani ishlab chiqib, uning doirasida iqtidorli erkak va ayollarning aniq maqsadga yo‘naltirilgan nikohi orqali ular avlodining aqliy qobiliyatlarini yaxshilashni taklif qilgan.
1884 yilda Londonda o‘tkazilgan xalqaro vo‘stavkada F. Galton maxsus antropometrik laboratoriya tashkil qilib 9 mingdan ortiq odamning bo‘yi va vaznining antropometrik o‘lchashdan tashqari sezgirlikning ayrim turlari, reaktsiya tezligi va x.k. o‘lchovlarni ham amalga oshirgan.
Iqtidorlilik darajasini baholash uchun F. Galton test (ingliz tilidan test — sinash) metodini ishlab chiqdi, uning yordamida aqliy qobiliyatlarni o‘lchashni amalga oshirdi.
F. Galton matematik statistika metodlarini amaliyotda faol qo‘lladi.
Bine Alfred (1857 – 1911), frantsuz psixologi, testologiyaning asoschilaridan biri. Parij yuridik litseyida yuridik ma’lumot olib, keyinchalik nevrologiya va patopsixologiya bilan shug‘ullangan. A. Bine kasbiy faoliyatini 1882 yilda Salpetrier klinikasida J.-M. Sharko rahbarligida gipnoz muammosini ishlashdan boshlagan.
1894 yilda A. Bine Sorbondagi psixologik laboratoriyani boshqargan. 1899 yili A. Binening tashabbusi bilan eksperimental pedagogika laboratoriyasi ochilib, unda buyuk iqtidorli odamlarning tafakkuri muvaffaqiyatli tadqiq qilindi.
1904 yilda A. Bine ta’limda qiyinchiligi bor o‘quvchilar bilan ishlash komissiyasini boshqara boshladi. Bolalarning holatini aniq baholash uchun Alfred Bine Teodor Simon bilan hamkorlikda keyinchalik “Bine-Simon testi” nomini olgan birinchi intellekt shkalasini ishlab chiqdi. A. Binening fikricha individual intellektual xususiyatlarning sababi oliy psixik jarayonlarni amalga oshirishda.
Birinchi intellekt shkalasi murakkablik darajasi bo‘yicha o‘sib borish tartibida joylashgan bir necha o‘nlab vazifalardan iborat bo‘lgan. Har bir vazifa uchun tekshiriluvchiga yaxshi, o‘rta va yomon javoblar variantlari taklif qilingan. Keyinchalik intellekt shkalasi bir necha marta takomillashtirildi va samarali diagnostik usul sifatida keng tarqaldi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling