Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet49/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Geshtaltpsixologiya
Geshtaltpsixologiya XX asrning boshlarida V. Vundtga oppozitsiya sifatida paydo bo‘lib, o‘z tadqiqot predmeti sifatida geshtalt (yaxlit strukturalar)ni o‘rgangan. Geshtaltpsixologlar idrok, tafakkur va psixik taraqqiyot singari ko‘plab fenomenlarni o‘rganib psixologik bilimlar taraqqiyotiga katta hissa qo‘shishdi.
XIX asrning 80-yillarida Praga universitetining professori Ernst Max (1838 – 1916), psixik fenomenlarni o‘rganishning yangicha yondashuvini ishlab chiqdi, unga ko‘ra psixologiyaning vazifasi yig‘ilganda u yoki bu predmetlarni tashkil qiladigan yaxlit (bo‘laklarga bo‘linmaydigan) elementlarni izlashdan iborat bo‘lishi kerak. E. Maxning fikricha, tajribaning yaxlit elementlari birlashib hamma psixik va jismoniy faoliyatni tashkil qiladigan “neytral tajribani” shakllantiradi.
E. Maxning g‘oyalari boshqa avstriyalik psixolog Kristian Erenfels (1859 – 1932), tomonidan rivojlantirildi. U 1890 yili ohanglarni idrok qilish tadqiqotlari jarayonida ikkita geshtaltsifatni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi: 1) transpozitivlilik va 2) o‘ta jamlanishlik. Transpozitivlilik - yaxlitni uni tashkil qiluvchi qismlar to‘la o‘zgartirilganda ham idrok qila olish qobiliyatini anglatadi. O‘ta jamlanishlik – yaxlit obrazda mavjud, lekin ayrim qismlarni boshdan kechirganda mavjud bo‘lmagan belgilarni ham idrok qilish qobiliyatini anglatadi. K. Erenfelsning aynan shu tadqiqotlari geshtalpsixologiyaning shakllanishida muhim bosqich bo‘ldi. Geshtaltpsixologiya ilmiy maktabining paydo bo‘lishiga E. Max va K. Erenfelslarning tadqiqotlarida paydevor yaratilgan bo‘lishiga qaramay, uning asoschisi sifatida M. Vertgeymer tan olinadi.
Vertgeymer Maks (1880 – 1943), nemis psixologi. 1912 yili M. Vertgeymer fi-fenomen yoki go‘yoki harakatdek tuyulgan fenomenni eksperimental o‘rganish natijalarini taqdim qildi, tadqiqot natijalariga ko‘ra u harakatni idrok qilish yorishib turgan stimullarning shunchaki shaklan jamlanmasidan iborat emas, degan xulosaga keldi. Natijada V. Vundtning odamning idroki atrof borliq xodisalarini to‘la aks ettiradi, degan tasavvuri rad etildi. M. Vertgeymer ongni o‘rganishning asosiy printsipi sifatida yaxlitlik printsipini taklif qildi, unga ko‘ra ongni uni tashkil qiluvchi geshtaltlar (butunni tashkil qiluvchi bo‘laklar) orqali o‘rganish kerak. M. Vertgeymerning fikricha, ong dinamik yaxlit, o‘ziga xos “maydon” bo‘lib, uni tashkil qiluvchi geshtaltlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqdir.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling