Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet57/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

ShAXSNING MADANIYATDAGI ROLI
Madaniy faoliyatda majburiylikni chetlab o‘tish mumkin bo‘lmaganidek, ozchilik (elita)ning omma ustidan hukmronligi masalasini ham chetlab o‘tish mumkin emas, chunki omma har doim qaysar va uzoqni ko‘ra olmaydi, u o‘z mayllaridan voz kechishni yoqtirmaydi, bunday voz kechish foydasiga aytiladigan sabablarga quloq solishni xohlamaydi, ommaning ayrim vakillari esa bir-birlarini anarxiya va qonun buzishlikka undaydilar. Faqat namunali, omma tomonidan dohiy deb tan olingan individlarning ta’siri bilangina ular o‘zlarini o‘z-o‘zlaridan voz kechishga moyil qila oladilar, bunday voz kechish esa madaniyatning taraqqiyotiga sabab bo‘ladi. Agar dohiylar bunday hayotiy zaruratni tushunadigan, o‘z shaxsiy mayllari ustidan hukmronlikka erishgan odamlar bo‘lsa, bu yaxshi albatta. Lekin shunday xavf mavjudki, ba’zan dohiylar o‘z ta’sirlarini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun ommaga ko‘proq yon bosa boshlaydilar, shuning uchun ham dohiylar hokimiyat usullarini taqsimlovchilar sifatida hokimiyatga tobe bo‘lmasliklari kerak. Qisqacha aytganda, odamlar ikkita keng tarqalgan xususiyatga egalar, bu xususiyatlar esa madaniyat institutlari faqat kuch ishlatish bilangina mavjud bo‘la olishini belgilab beradi. Ularning birinchisi shuki, odamlar mehnatni u qadar suymaydilar, ikkinchidan aql ularning ehtiroslari oldida ojizdir.
DIN IJTIMOIY NEVROZ SIFATIDA
Freydning madaniyatshunoslik sohasidagi mulohazalari uni din muammosiga yaqinlashtirdi, madaniyat muammosini hal qilish din muammosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qoldi. Madaniy ta’qiqlarni ko‘rib chiqishda Freyd ularning diniy tasavvurlar bilan bog‘liqligini sezmasligi mumkin emas edi, qolaversa ko‘plab dinshunoslar inson hayotini boshqaruvchi qadimiy normalarga ilohiy tus berishadi. Qadim-qadimdan insoniyat madaniyati diniy asosga quriladi deb hisoblangan.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, din qadrsizlanishi bilan jamiyatda madaniyat degradatsiyasi kuzatiladi. Dinning paydo bo‘lishini Freyd shunday tushuntiradi: inson ojiz va yashab qolish uchun u ko‘p narsadan voz kechishi kerak. Odam taraqqiyot natijasida uning istaklarini maon qiladigan hamjamiyatga kirishi kerak. Eslatib o‘tganimizdek, odam yashab qolishi uchun o‘zining ko‘pgina mayllaridan voz kechishi kerak. Odamni o‘z mayllaridan voz kechganligi uchun taqdirlaydigan, uni tabiat xodisalari va boshqa individlarning tajovuzlaridan himoya qiluvchi kimdir kerak bo‘ladi. Shunday savol tug‘iladi: bu funktsiyalarni kim bajara oladi. Ilk bolalikda har bir odam otaning oilaga ta’sirini sezgan. U hokimiyatga ega, o‘z qoidalarini o‘rnatadi, oilani himoya qiladi. Bolada otaga nisbatan kompleks shakllanadi: u otani kuchli va mehribon deb hisoblagan. Ota uning uchun avtoritet, yana bola onasini otasiga rashk qiladi, uning o‘rnini egallashni xohlaydi, lekin keyinchalik intsestuoz mayllar o‘z kuchini yo‘qotadi, lekin otaning oldidagi hurmat va qo‘rquv qoladi. Xuddi shunday funktsiyani xudo ham bajaradi. Dastavval totemdan xudolarning butun bir guruhi o‘sib chiqqan, keyinchalik faqat yolg‘iz, qudratli, jazolovchi xudo qolgan, bu xudo keyinchalik g‘amxo‘r va adolatli xudoga aylangan. Shunday qilib, odamlar o‘zlarining butun antisotsial xulqlari uchun mas’uliyatni xudoning elkasiga yuklashgan. Odamlar o‘z mayllaridan voz kechishgani uchun xudodan mukofot olishga umid qilishadi va nihoyat xudoning obro‘si ularga o‘zlarining ichki ziddiyatlaridan qutulishga yordam beradi. Ko‘rib turibmizki, din madaniyatning asosiy bo‘laklaridan biridir. Lekin Freyd dinni ommaviy nevroz deb ataydi. Nimaga asoslanib u bunday xulosaga kelgan. Gap shundaki, din o‘zining ko‘p qoidalari bilan yopishqoq nevrotik holatni eslatadi. Masalan, nevrotik qandaydir harakatlarni amalga oshirmaslikdan qo‘rqsa, haqiqiy dindor ham xuddi shunday, qandaydir diniy marosimni amalga oshirmaslikdan qo‘rqadi. Farq shundaki, nevrotik o‘zining doimiy qaytariluvchi mashg‘ulotlari mazmunini tushuntirib bera olmaydi, dindor esa o‘zining teologik bilimlaridan kelib chiqib u yoki bu marosimlarni izohlay oladi. Shunday qilib, ayrim e’tirozlar bilan dinni ijtimoiy nevroz deb atash mumkin. Shu bilan birga din ijobiy ahamiyatga ega. Gap shundaki xususiy nevroz ijtimoiy nevrozdan ko‘ra xavfliroq, u bemorning jismoniy holatiga ta’sir qiladi, ijtimoiy nevroz esa butunlay xavfsizdir. Xuddi shunday dinni anti nevroz deb ham atash mumkin, chunki u xususiy nevrozlarni eritishga va ijtimoiy ziddiyatlarni yumshatishga yordam beradi. Dinning buzilishi madaniyatning keskin tanazzuliga sabab bo‘ladi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling