Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Sallivan Garri Stek (1892 – 1949)


Download 1.38 Mb.
bet60/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Sallivan Garri Stek (1892 – 1949); amerikalik psixoanalitik va psixiatr, interpersonal psixoanalizning asoschisi. Uning hayotligida 1940 yili nashr qilingan birdan bir kitobi “Zamonaviy psixiatriya kontseptsiyalari” deb ataladi.
G. S. Sallivan odam hayot faoliyatining asosida lazzatlanishni maksimallashtirish va bir vaqtning o‘zida ximoyalanmaganlik kechinmasini minimallashtirish yotadi, deb hisoblagan. G. S. Sallivan taraqqiyotning quyidagi bosqichlarini ajratgan: 1) chaqaloqlik, 2) bolalik, 3) “yuvenil era” (o‘smirlik), 4) o‘spirinlik oldi yoshi va 5) o‘spirinlik yoshi. Chaqaloqlik bosqichida odamning mavjudlik shakli “Men” bilan tashqi olam o‘rtasidagi farqning yo‘qligida ifodalanadigan prototaksis hisoblanadi. Chaqaloqlikning oxirida bolaning o‘zini tashqi olamdan farqlashida ifodalanadigan boshqa mavjudlik shakli – parataksis shakllanadi. Chaqaloqlik bosqichi nutqiy xulqqa qobillikning rivojlanishi bilan yakunlanadi. Bolalik bosqichi – bu bolaning o‘z madaniyatining asosiy xarakteristikalarini anglashi vaqti. Bu bosqichda bolada sublimatsiyani o‘rganish sodir bo‘ladi. G. S. Sallivanning fikricha bolalik unda tengdoshlariga ehtiyojning paydo bo‘lishi bilan yakunlanadi. “Yuvenil era” (o‘smirlik yoshi) – shunday davrki, odam o‘zini guruh bilan identifikatsiya qiladi, unda stereotiplar shakllanadi, u birdamlik va raqobat munosabatlariga kirishadi. “Yuvenil era” G. S. Sallivan sintaksis deb atagan, o‘smirlarda mavjudlikning yangi shakli rivojlanishi bilan yakunlanadi, sintaksis yordamida o‘smir jamiyatda foydalaniladigan ramzlar o‘rtasidagi o‘zaro mantiqiy aloqalarni to‘la anglaydi. O‘spirinlik oldi yoshi – bu shunday vaqtki, odamda o‘z jinsidagi tengdoshlari bilan yaqin munosabatlar o‘rnatishga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu davrda odam egotsentrizmdan muhabbatga o‘tishni amalga oshiradi. G. S. Sallivanning fikricha, o‘spirinlik oldi yoshi jinsiy xohish yo‘nalishi shakllanishi bilan yakunlanadi. O‘spirinlik davri yoshida G. S. Sallivan ikkita fazani ajratadi: 1) ilk va 2) kech. Ilk faza genital drayvlarni qondirishning barqaror patternlari o‘rnatilguncha davom etadi, kech faza esa to‘la shaxslararo etuklikkacha davom etadi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling