Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rayx Vilgelm (1897 – 1957);
Freyd Anna (1895 — 1982); avstriya va angliyalik psixoanalitik, bolalar psixoanalizining asoschisi. Otasi Z. Freyd rahbarligida psixoanalizni o‘zlashtirgan.
Bolalar uchun psixoanaliz yoqimli muolaja bo‘lmaganligi uchun A. Freyd tomonidan psixoanalitik texnologiyani optimallashtirish bilan bog‘liq jiddiy ish amalga oshirildi. A. Freyd psixoanalitik prtsedurani insonparvarlashtirish va bolalar fikrini uzatish usuli sifatida o‘yindan foydalanganligi tufayli kattalarga qaraganda bolalarda ko‘proq ishonch qozongan. Bolalar agressiyasi muammosini tadqiq qilib, A. Freyd shunday xulosaga keladiki, bolalardagi agressiv harakatlarning sabablari oilada joylashgan va oila davrasida muhabbat ob’ektining yo‘qligi oqibatida rivojlanmay qoladigan libido bilan bog‘liq. A. Freyd ego-himoya mexanizmlari nazariyasini to‘ldirdi va sistemalashtirdi, 1936 yili nashr qilingan “”Men” psixologiyasi va himoya mexanizmlari” kitobida shaxs mavjudligida ego-himoya mexanizmlarining rolini ochib berdi. Rayx Vilgelm (1897 – 1957); avstro-amerikalik psixolog va psixiatr. 1936 yili V. Rayxning “Seksual revolyutsiya” nomli monografiyasi e’lon qilindi, u monografiyada mavjud seksual axloq diktaturani qabul qilishga sharoit yaratadigan shaxs sifatlarini shakllantiradi, degan g‘oyani ilgari surdi. V. Rayx xarakterning ikkita asosiy tipini ajratdi: 1) genital va 2) nevrotik. Genital tip xarakteri vakillari orgazmli bo‘shanishga erishishga intilish va samarali sublimatsiyaga yo‘nalganlar, nevrotik tip vakillari esa jinsiy qo‘zg‘olishlarni va orgazmni bostirishga yo‘nalib, samarali sublimatsiyaga erishishga yo‘nalmaganlar. V. Rayx o‘z nazariyasiga “orgastik potentsiyalar” tushunchasini kiritadi, bu tushuncha odamning, orgazm to‘laqonli psixikani shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi, deb hisoblab, jinsiy aloqa jarayonidan qoniqish qobiliyatini anglatadi. AQSh da V. Rayx Nyu-Yorkdagi ijtimoiy tadqiqotlar Yangi institutida dars berib “muskul sovuti” kontseptsiyasini ishlab chiqdi, unga ko‘ra sovut turli sohalarida joylashgan ettita segmentlardan tashkil topadi: 1) ko‘zda, 2) og‘izda, 3) bo‘yinda, 4) ko‘krakda, 5) diafragmada, 6) qorinda va 7) tazda. Sovut biologik energiya, “orgon”ning erkin harakatlanishiga xalaqit beradi va natijada u alohida muskullarda tutilib qoladi. Shu munosabat bilan V. Rayx psixoterapiyaning vazifasi nafas olish protseduralari va xronik zo‘riqqan muskullarga taktil ta’sir ko‘rsatish orqali sovutni vayron qilishdan iborat bo‘lishi kerak, deb hisoblagan. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling