Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
Abdulla Avloniy (1874-1934). Yangi davr o‘zbek madaniyati, adabiyotining asoschilaridan, bolalar adabiyoti, o‘zbek milliy teatri, dramaturgiyasi, matbuoti, o‘zbek milliy pedagogikasining tamal toshini qo‘yganlardan biri.
Avloniy asrimiz boshlarida o‘lkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodxon qilish, ulardan etuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod ko‘rish, farovon etish yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda ko‘p soxalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda o‘z uyida «Shuxrat» nomli gazeta nashr qildi. U maxallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usulijadid» maktablari uchun to‘rt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she’rlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va o‘qish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam ko‘rsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob do‘konini ochdi. Jadidchilik – yangilanish, yangi usul ma’nosini anglatadi. U yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo‘llari tarafdorlarining umumiy nomi. Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari: Turkistonni o‘rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofatlardan ozod qilish, “Usuli qadim” ni inkor etgan holda o‘lkani, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy qo‘shin tuzish va boshqalardan iborat. Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kelgan, o‘zbek xalqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, ma’rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik kabi g‘oyalar etakchilik qilgan. O‘lkani mustamlaka zulmidan ozod qilishni jadidlar hamma narsadan ustun qo‘ydilar. Jadid ziyolilari erk, istiqlolga erishish uchun milliy ongni o‘stirish zarurligini payqadilar. Shu orqali milliy uyg‘onish yasamoqchi bo‘ldilar. Buni esa ta’lim va tarbiyada – ma’rifatda deb bildilar. Mana shuning uchun ham jadidlar yangicha ta’lim va tarbiya tizimini qaror toptirish yo‘lida hormay-tolmay ishladilar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu harakatning tarixiy ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Bu davrlarda jamiyatning ma’naviy inqirozi chuqurlashgan bo‘lib, milliy madaniyatni ko‘tarmay, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo‘lmay ma’rifat, tarbiyaviy ishlarni keng yo‘lga qo‘ygan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotga imkoniyat yaratib bo‘lmas edi. Jadidlar, ya’ni ma’rifatchilar millatning ma’naviy kamoloti yo‘lida o‘zining butun kuchi va iste’dodini safarbar etishga tayyor bo‘lgan fidoyilar edi. Jadidlar millatni qoloqlik, xurofot botqog‘idan olib chiqish uchun harakat qilar ekanlar, bunda shariatga qat’iy rioya qilish orqali maktab va madrasalarda ta’lim berish tizimini dunyoviy ilmlarni berish asosida isloh qilish g‘oyasini ilgari surganlar va bu borada o‘zlari amaliy harakat namunasini ko‘rsatganlar. Jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlari milliy uyg‘onish va milliy yuksalishida katta rol o‘ynagan. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling