Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Naqshbandiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash muammosi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- ”Dil ba yoru, dast ba kor”
Naqshbandiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash muammosi
Muhammad ibn Muhammad Jaloliddin Xoja Bahovuddin Naqshband 1318 yilda Buxoro shahri yaqinidagi Ko‘shki Hinduvon (keyinchalik Qasri Orifon) qishlog‘ida tug‘ilgan. Bahovuddin o‘z tahsil va tarbiyasini Sayid Mir Kulol va Bobo Samosiydan olgan. Sayid Mir Kulol ma’rifatli ruhoniy bo‘lib, Aflotun va Arastu falsafasini, imom Ismoil Buxoriy, Muso at-Termiziylarning kitoblarini mutolaa qilar, tasavvufga doir kitoblar yozar edi. O‘sha vaqtda darvesh-qalandarlarining ba’zilari uy-joysiz, boshpanasiz, ikki dunyo bir qadam deb safarlarda yursalar, boshqalari - o‘zlari tanlagan pirlari, ustozlari qoshida bilim, tarbiya olishar va xonaqohga vaqflardan, xayru-sadaqalardan tushgan ne’matlar bilan yashar edilar. Bahovuddin Naqshband darveshlarning hayot tarzini isloh qilib, butunlay o‘zgartirdi. U so‘fiylar, darveshlarning tarkidunyochilik qilishga, bu dunyo ishlaridan etak silkib, qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa urishiga qarshi chiqdi. U darvesh va so‘fiylarni o‘zlarining osoyishta, behavotir yashashlari uchun, birovlarning qo‘liga qarab qolmasliklari uchun halol mehnat va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga chaqirdi. Bu sohada o‘zi ibrat ko‘rsatib, dastgohda to‘quvchilik qilib, naqsh bog‘lab, shogirdlariga hunar o‘rgatdi. Bahovuddin qisman hazrati Sulton ul-orifin Ahmad Yassaviy izidan borib, uning nafs va ta’magirlikni qoralashiga amaliy javob tariqasida, birinchilardan bo‘lib, darvesh, so‘fiylarning ham mehnat, kasb, hunar bilan shug‘ullanib, ham ilm ma’rifat olishini yoqlab chiqdi. Bahovuddin Naqshband ruhoniy, so‘fiy, darveshning qo‘li mehnatda, xayoli Xudoi taoloda bo‘lishi kerak, deb hisobladi va bu ta’limotni ixcham, lo‘nda qilib: ”Dil ba yoru, dast ba kor” so‘zlarida teran ifodaladi. Naqshband o‘rnatgan bu yangi udumga amal qiluvchilar kundan-kunga, yildan-yilga oshib bordi. Butun boshli darveshlarning jamoalari, minglab qalandarlar tinch, osoyishta hayotga qaytdilar. Ular haq taolo yo‘lida ma’rifat hosil qilish bilan bir vaqtda ishlab, o‘zlarini o‘zlari boqa oladigan darajaga etdilar. Shayxning izdoshlari ko‘paydi. Shu tariqa Naqshbandiya tariqati yuzaga keldi. Naqshbandiya ta’limotida xurfikrlilikka keng yo‘l berilgan. Bu sulukdagilar mehnat qilish, ilm olish, o‘z mehnati bilan topilgan boylik halol bo‘lishi, noz-ne’matlarni ko‘pchilik bilan baham ko‘rish, faqirona hayot kechirish, hammaga yaxshilikni ravo ko‘rish g‘oyalarini ilgari surganlar. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy ijodiga Naqshband axloqiy-falsafiy qarashlari beqiyos ta’sir ko‘rsatgan. Alisher Navoiy Naqshbandga katta hurmat bilan qarar edi. Shuning uchun ulug‘ shoir asarlarida uning nomi tez-tez uchrab turadi. Xususan, Navoiy o‘zining “Hayratul-abror” dostonida Naqshband ta’rifiga 15 band bag‘ishlagan. Shoir har bir baytning har misrasida she’riyatning takror san’atidan foydalanib, “naqsh”, va shu so‘z bilan bog‘liq “naqshband”, “naqqosh”,”munaqqash” kabi so‘zlarni 30 marta qo‘llagan va shu usul bilan Bahovuddin Naqshbandning fazl va kamolotini ta’rif va tavsif etgan. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Bahovuddin Naqshband tariqati axloqiy tizimi avvalgi tasavvuflardan biroz farq qiladi. Naqshbandiya ta’limotida inson tabiat ne’matlaridan lazzatlanishi, ammo lazzat hissi Ollohni esdan chiqarishga, u dunyoni unutishga xizmat qilmasligi, inson botiniy Haq-Olloh bilan, zohiriy xalq bilan bo‘lishi, inson hayotni, tabiatni sevishi lozim deb tushuntiriladi. So‘fiy haq bilan shunday botiniy munosabatda bo‘lsinki, xalq uni Xoliq bilan hech qanday aloqadorligi, bog‘liqligi yo‘q deb fikr yuritsin. So‘fiyning bu xatti-harakati vosillikka, foniylikka xalal bermaydi. Naqshbandiya tariqati ushbu 4 tamoyil asosida qurilgan: Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling