Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Uznadze Dmitriy Nikolaevich (1886 – 1950)


Download 1.38 Mb.
bet83/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Uznadze Dmitriy Nikolaevich (1886 – 1950); gruzin psixologi, gruziya psixologiya maktabining asoschilaridan biri. D. N. Uznadze 1918 yili Tbilisi universitetida psixologiya kafedrasi va psixologiya laboratoriyasi tashkil qilishning tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan. 1925 yili nashr qilingan “Eksperimental psixologiya asoslari” kitobida u ustanovkalar nazariyasining ayrim umumpsixologik tamoyillarini bayon qildi. D. N. Uznadzening fikricha, ustanovka – bu, ong va ob’ektiv borliq birligi asosi bo‘lgan, odamning alohida faoliyatga tayyorligini namoyon qiladigan uning real psixik holatidir. Shaxs mavjudligining sharti ob’ektivatsiya mexanizmi ishlashi natijasida paydo bo‘ladigan ongdir. Ob’ektivatsiya odamning tayyorlik (sub’ektivlik)dan ozod bo‘lish va ustanovkani amalga oshirish jarayonidir. Shaxs faolligini aniqlovchi omillar qadriyatlar hisoblanadi. D. N. Uznadzening fikricha, shaxsning eng muhim sifatlaridan biri, bu mas’uliyatdir. 1949 yili D. N. Uznadze o‘zining “Ustanovkalar psixologiyasining eksperimental asoslari” nomli fundamental monografiyasini nashr qildi, 1966 yili bu kitob AQSh da ingliz tilida “Ustanovka psixologiyasi” nomi bilan nashr qilindi.
Rubinshteyn Sergey Leonidovich (1889 – 1960); psixolog. S. L. Rubinshteyn birinchilardan bo‘lib yo‘nalganlik muammosini o‘rgangan. U yo‘nalganlik deganda, ongli intilishlar to‘plami va sub’ekt tomonidan ularni namoyon qilish usullarini tushungan. S. L. Rubinshteyn odamning har bir amali uning harakterida umumlashtirish mexanizmi yordamida mustahkamlanadi, deb hisoblagan. 20-30- yillarda S. L. Rubinshteyn tomonidan ong va faoliyat birligi printsipi shakllantirildi, bu printsip keyinchalik asosiy metodologik printsiplardan biriga aylandi. Ushbu metodologik printsipning mohiyati shundan iboratki, odam psixikasi amaliy faoliyatda shakllanadi va amaliy faoliyatda namoyon bo‘ladi.
1935 yili S. L. Rubinshteynning “Psixologiya asoslari” monografiyasi, 1942 yili “Umumiy psixologiya asoslari” nomli darsligi nashr qilindi.
Myasihev Vladimir Nikolaevich (1893 – 1973); psixolog, psixonevrolog va psixoterapevt. 30- yillarda V. N. Myasihev tomonidan nevrozlirning klinik-patogenetik kontseptsiyasi shakllantirildi, bu kontseptsiyaga ko‘ra nevroz noto‘g‘ri hal qilinadigan vaziyat sharoitida paydo bo‘ladigan patogen ziddiyat oqibati, deb qaraladi. V. N. Myasihev shaxs munosabatlar to‘plamidan iborat, deb talqin qilgan kontseptsiyaning muallifi. V. N. Myasihevning fikricha, har bir odam tug‘ilgandan o‘limiga qadar ob’ektiv ijtimoiy munosabatlar tizimiga tortiladi, bu ob’ektiv munosabatlar esa o‘z navbatida odamning borliqning hamma tomonlariga sub’ektiv munosabatlariga sabab bo‘ladi. Munosabat tushunchasi, borliqni aks ettirish shakli. V. N. Myasihev odamning barcha psixik jarayonlari olamga munosabat bilan bog‘liq, deb taxmin qilgan. Borliqning o‘zgarib boruvchi sharoitida olamning sub’ektiv shaklan o‘zgarishi tabiiy, chunki odamning olamdagi roli va maqomi ham albatta o‘zgaradi. 1960 yili nashr qilingan “Shaxs va nevrozlar” nomli monogarafiyasida V. N. Myasihev shaxs bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishni yaxlit shaxs tushunchasini munosabatlar to‘plami (ansambli) sifatida talqin qilibgina muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin, degan g‘oyani ilgari surdi. U, shaxs patologiyasi, odam uchun muhim bo‘lgan maqsadga erishishga xalaqit beradigan munosabatlar tizimidagi alohida buzilishlar bilan bog‘liq, deb hisoblagan, shuning uchun nevrozlar psixoterapiyasi odamning butun munosabatlari tizimini o‘zgartirilgandagina samarali bo‘lishi mumkin.
V. N. Myasihev faoliyat (o‘yin, mehnat va x.k.) shaxs rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi, deb hisoblagan, biroq shaxs axloqiy yadrosining shakllanishi agar faoliyat qatnashchilari o‘rtasida axloqiy amallarni rag‘batlantiradigan hamkorlik va o‘zaro bir-birini tushunish munosabatlari tashkil qilinmagan bo‘lsa amalga oshmay qolishi mumkin.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling