Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Vo‘gotskiy Lev Semenovich (1896 –1934)


Download 1.38 Mb.
bet82/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Vo‘gotskiy Lev Semenovich (1896 –1934); psixolog, 1931 yili nashr qilingan “Oliy psixik funktsiyalar taraqqiyoti” kitobida psixika taraqqiyoti madaniy-tarixiy nazariyasining asosiy g‘oyalarini bayon qilgan.L. S. Vo‘gotskiyning fikricha odam psixikasi psixik faoliyatni boshqarishning asosiy usullari, madaniyat belgilaridan foydalanish jarayonida shakllanadi. Interiorizatsiya jarayonida tabiat tomonidan berilgan “moddiy” psixik funktsiyalarning taraqqiyotning oliy darajasi bo‘lgan “madaniy” funktsiyalarga o‘tishi amalga oshadi (masalan, impulsiv harakatlar ixtiyoriy harakatlarga aylanadi, mexanik xotira mantiqiy xotiraga aylanadi va x.k.).
L. S. Vo‘gotskiy til belgilari shunday qurolki, undan foydalanib sub’ekt o‘zining ichki olamini yaratadi, deb hisoblagan. Odam ichki olamining birliklar esa ahamiyat va mazmunlar hisoblanadi. L. S. Vo‘gotskiy “yaqin taraqqiyot zonasi” haqidagi g‘oyani bayon qilgan, unga ko‘ra agar ta’lim bolaning tabiiy taraqqiyotidan oldinda yursa, uning samaradorligi ortadi.
Urush yillari (1941–1945) psixologiya fani vatan himoyasi xizmatida bo‘ldi. M. V. Gamezo, P. I. Zinchenko, A. G. Kovalyov, N. I. Kro‘lov, E. S. Kuzmin, G. D. Lukov, A. V. Petrovskiy, K. K. Platonov, E. N. Sokolov, B. S. Smirnov, D. B. Elkonin harbiy harakatlarda ishtirok etishdi. A. A. Bodalev, L. M. Vekker, A. Ts. Puni, G. S. Roginskiy, S. L. Rubinshteyn va boshqalar qamal qiyinchiliklarini boshdan kechirishdi.
Urush yillarida harbiy-psixologik tadqiqotlarni amalga oshirish tezlashdi. Tbilisida D. N. Uznadze evakuatsiya gospitali qoshida patopsixologiya kabineti tashkil qilib, unda yaralangan jangchilarda buzilgan psixik funktsiyalarni tiklash ishlari bilan shug‘ullandi. 1943 yili nashr qilingan A. S. Prangishvilining ”Psixologiya”, kitobida bitta bo‘lim vaxima ijtimoiy psixologiyasi muammolariga bag‘ishlandi. Vaximaning sababi psixik yuqumlilik va ta’sirga beriluvchanlik bo‘lmay, odamlar xulqi motivatsiyasi darajasining pasayishi va jamoa ijtimoiy psixologik barqarorligining susayishida, degan g‘oyani rivojlantirib, A. S. Prangishvili kuchli intizom va jamoani qattiq, aniq maqsadga yo‘naltirilgan boshqarish yordamida vaximani oldini olish mumkin, degan xulosaga keldi. 1943 yili nashr qilingan B. M. Teplovning ”Harbiy boshliqning aqli va irodasi” nomli kitobida Napoleon I, A. V. Suvorov va M. I. Kutuzov kabi sarkardalarning shaxsi va faoliyati xususiyatlari tahlili natijalari taqdim qilindi. K. K. Platonov, G. G. Golubev, E. V. Guryanov, L. M. Shvartslar tomonidan uchuvchilarni maxsus trenajyor (Link kabinasi)da tayyorlash jarayonida malaka xususiyatlari harbiy psixologik tadqiqotlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Olingan ma’lumotlar harbiy bilim yurtlari amaliy faoliyatiga tadbiq qilindi.
XX asrning 50–70-yillarida psixologiya fani imkoniyatlarini amaliy vazifalarni hal qilishga jalb qilishga katta e’tibor qaratildi, natijada mehnat psixologiyasi, ergonomika, ijtimoiy psixologiya, psixogenetika kabi fan yo‘nalishlari jadal rivojlana boshladi.
1966 yili Moskva va Leningrad Davlat universitetlarida, 1970 yili Yaroslavl Davlat universitetida psixologiya fakultetlari ochildi. 70- yillarda Rostov, Saratov, Toshkent Davlat universitetlarida psixologiya bo‘limlari tashkil qilindi.
Shu davrlarda D. N. Uznadze, S. L. Rubinshteyn, V. N. Myasihev, B. M. Teplov, A. N. Leontev, K. K. Platonov, B. G. Ananev kabi olimlarning samarali faoliyatini ta’kidlash joiz.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling