Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Sobiq ittifoq hududida psixologiyaning 1917-yildan keyingi taraqqiyoti


Download 1.38 Mb.
bet81/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Sobiq ittifoq hududida psixologiyaning 1917-yildan keyingi taraqqiyoti
20–30- yillarda amaliy psixologiyaning psixotexnika yo‘nalishi gurkirab rivojlandi. Psixotexnika o‘z ta’siri jihatidan ilmiy hamjamiyatda keng ko‘lamli jamoatchilik harakatiga aylandi. Psixotexnikaning asoschilari 1903 yilda “psixotexnika” atamasini qo‘llashni taklif qilgan nemis psixologi Vilyam Shtern (1871–1938) va korxonalarni boshqarish, kasbiy tanlov hamda kasbga yo‘naltirish muammolari bilan shug‘ullangan nemis-amerika psixologi Xyugo Myunstenberg (1863–1916)lar hisoblanishadi. Psixotexnika rivojlanishining o‘ziga xos xususiyati shunda bo‘ldiki, bu harakatda psixologlar bilan birga fiziologlar, gigienachilar, pedagoglar faol ishtirok etishdi va bu harakat keyinchalik NOT MITQ (MITQ – mehnatni ilmiy tashkil qilish) harakatiga aylandi. 1927 yili I. N. Shpilreyn raisligida butunrossiya psixotexnika jamiyati ro‘yxatga olinadi. 20- yillarda ko‘plab psixotexnika laboratoriyalari ochiladi, “Sovet psixotexnikasi”, “Mehnat psixofiziologiyasi va psixotexnika” jurnallari nashr qilina boshlanadi. 30- yillarning boshida psixotexnikani yo‘qotish kampaniyasi boshlanib, psixotexnika laboratoriyalari yopiladi, ko‘plab olimlar repressiya qilinadi.
Shpilreyn Isaak Naftulevich (1891–1937), psixolog, psixotexnikaning asoschilaridan biri.
I. N. Shpilreyn NOT-MITQ harakatining liderlaridan biri, “Vaqt - NOT-MITQ” Ligasining rahbari, mehnatni ilmiy tashkil qilishning metodologik muammolari bilan shug‘ullangan. I. N. Shpilreyn sanoat ishlab chiqarishida ishchilarning toliqishi muammosi bilan izchil shug‘ullangan. Uning fikricha, eng muhim muammolardan biri kasbiy tanlash va kasbiy layoqat diagnostikasi muammosi bo‘lib hisoblanadi. U o‘z ishlarida kasbiy faoliyat sharoitlarini ratsionalizatsiya qilish va ishlab chiqarishda jarohatlarni kamaytirish masalalari bilan shug‘ullangan.
Gellershteyn Solomon Grigorevich (1896 –1967); psixolog, psixotexnika harakati qatnashchisi.
1931 yili S. G. Gellershteynning “Sovet psixotexnika tizimida kasblar psixologiyasi muammolari” kitobi nashr qilinadi. S. G. Gellershteyn turli kasb vakillarida kasbiy-muhim sifatlarni mashq qildirish muammolari, urush yillarida u harbiy neyroxirurgiya gospitalida ilmiy rahbar sifatida mehnat terapiyasi masalalari bilan shug‘ullangan.
XX asrning 20-30-yillarida pedologiya rivojlandi. Pedologiyaning asoschisi bolaning faqat yosh xususiyatlarini emas, uning individual taraqqiyot traektoriyasini ham o‘rganishni taklif qilgan nemis pedagogi va psixologi Ernst Meyman (1862–1915) hamda bola haqidagi kompleks fan – pedologiya yaratishga chaqirgan amerikalik psixolog Stenli Xoll (1844 –1924) hisoblanishadi.
20- yillarda bolani insonparvarlik va g‘amxo‘rlik tamoyillariga tayangan holda har tomonlama o‘rganishga qiziqish kuchaydi. Bu davrda bu muammolar bilan iqtidorli olimlar: L. S. Vo‘gotskiy, A. B. Zalkind, P. P. Blonskiy, S. S. Molojavo‘y, A. S. Zalujno‘y va boshqalar shug‘ullanishdi. 20- yillarda pedolog kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi, “Pedologiya” jurnali nashr qilina boshlandi. 1932 yilda ”Pedologiya” jurnali yopildi, 1936 yil 4-iyulda esa VKP(b) MKning “Maorif xalq komissariati tizimida pedologik buzg‘unchiliklar haqida” nomli qarori bilan pedologiya yolg‘on fan, deb e’lon qilindi, ko‘plab olimlar repressiya qilindi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling