Qodirov Botir Raxmoqulovich (1943-yilda tug‘ilgan), psixologiya fanlari doktori, professor, Toshkent agrar universiteti.
Asosiy ilmiy yo‘nalishi – umumiy psixologiyaning differentsial psixofiziologiya sohasiga taalluqli bo‘lib, yoshlarda ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlari, layoqat va birlamchi qobiliyatlarning miya mexanizmlarini o‘rgangan. O‘z tadqiqotlarida yoshlarning u yoki bu faoliyat yo‘nalishlarini tanlashlarini elektroentsnfalografik usullar bilan neyrofiziologik jihatlarini tadqiq qilgan. Olingan ma’lumotlar miya faoliyatida kasb tanlash, kasbga moyillik va layoqat turlarini ta’minlab turadigan muqobil neyrofiziologik xislatlar borligini isbot qildi. Miyaning aynan shu kabi ustuvor strategik faoliyat hislatlarini tashhis qilish orqali bolaning ba’zan hali o‘zi anglamagan faoliyat turlariga layoqati borligi, qaysi faoliyat sohasida muvaffaqiyat qozonishi mumkinligi ancha barvaqt bashorat qilinishi, aniqlanishi mumkin bo‘ladi.
Nashr qilingan ilmiy ishlari: “Uroven aktivatsii i nekotoro‘e dinamicheskie harakteristiki psixicheskoy aktivnosti” (1976), “Sootnoshenie urovnya aktivatsii s dinamicheskimi harakteristikami umstvennoy aktivnosti” (1977), “Dinamicheskaya storona psixologicheskoy aktivnosti i aktivirovannost mozga” (1980), “Psixogenetika” (1982), “Sklonnost kak predposo‘lka tvorcheskogo osvoeniya deystvitelnosti” (1988), “Sklonnost” (1989), “Izuchenie psixofiziologicheskix predposo‘lok sklonnostey” (1989), “Sposobnosti i sklonnosti” (1990), “Izuchenie sklonnostey podrostkov” (1996), “Aqliy iste’dod – XXI asrning eng qimmatli mulkidir” (1999).
Karimova Vasila Mamanosirovna (1955- yilda tug‘ilgan), psixologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy g‘oyalari va tadqiqot yo‘nalishlari – o‘zbek xalqining milliy an’analari, qadriyatlari, rasm-rusumlari, psixologiyasini o‘rganish, o‘zbek ayolining ijtimoiy mavqeini oshirish, uning o‘z oilasi va farzandlariga komillik sifatlarini singdirishi muammolariga bag‘ishlangan.
Nashr qilingan ilmiy ishlari: “O‘zbek ayoli shaxsining shakllanishi”, (1986), “O protsessax formirovaniya novo‘x sotsialno-psixologicheskix kachestv lichnosti uzbechek” (1987), “Ijtimoiy psixologiya: universitet talabalari uchun o‘quv qo‘llanma” (1993), “Ijtimoiy psixologiya asoslari” (1994), “Tashkiliy hulq. Ma’ruzalar matni” (1999), “Mustaqil fikrlash. O‘quv qo‘llanma” (2000), “Mustaqil fikrlash o‘quv qo‘llanmasi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish uslubiyoti” (2000), “Ustozlarga eslatmalar” (2000), “Psixologiya. Ma’ruzular matni” (2000).
Do'stlaringiz bilan baham: |