Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Andijon Davlat universiteti psixologiya kafedrasi
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi 2003 yilda “Kasbiy pedagogik ta’lim” fakulteti tasarrufida “5140900 – kasb ta’limi” bakalavr yo‘nalishining mutaxassis chiqaruvchi kafedrasi sifatida tashkil qilingan. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Kasimova Zebo Xamidovna kafedraga rahbarlik qiladi. Kafedrada 2 nafar pedagogika fanlari doktori, professorlar O‘. Q. Tolipov va N. J. Isakulova, 4 nafar fan nomzodlari, dotsentlar Z. X. Kasimova, Sh. R. Samarova, A. Kosheleva, J. Fozilov (o‘rindoshlik asosida), 2 nafar katta o‘qituvchi: R. S. Muhammedova va T. O. Sodiqov, 5 nafar o‘qituvchilar: Sh. K. Mo‘minov, D. X. Kasimova, J. A. Po‘latov, A. T. Onorov va D. Aripova (o‘rindoshlik asosida) faoliyat olib boradilar.
Kafedrada psixologiya, pedagogika, kasbiy pedagogika, ta’lim texnologiyalari, qiyosiy pedagogika, kasb ta’limi metodikasi, ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi va pedagogikasi, ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi, pedagogik aksiologiya, mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi va boshqa fanlar, magistraturada esa pedagogik texnologiyalar, boshqaruv psixologiyasi fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari o‘tiladi. Kafedra "Yoshlarda axborotlarga ratsional yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish" nomli kompleks mavzu ustida ish olib bormoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari doimiy tarzda ilmiy maqolalar chop etib, respublika va xalqaro konferentsiyalarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Z. X. Kasimova va J. A. Po‘latovlar tomonidan 2012 yilda kafedra qoshida psixologik xizmat ko‘rsatish markazi tashkil qilindi. Ushbu psixologik xizmat markazida talabalar va professor-o‘qituvchilarga individual psixologik maslahatlar, prezentatsiyalar hamda psixologik treninglar o‘tkazilib kelinmoqda. Andijon Davlat universiteti psixologiya kafedrasi o‘zining boy va sharafli tarixiga ega. 1930 yildan institut qoshida mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi pedagogik fanlar sektsiyasi ish boshlagan. O‘sha yili kafedra tarkibida 15 ta o‘qituvchilar ishlagan. 1946 yildan –1961 yilgacha kafedraga Ardashirov A. F., 1961-1963 yillar ichida Kaziev R. M. va Shelkunov M. V. lar rahbarlik qildilar. Turli yillarda kafedrani pedagogika fanlari nomzodi dotsentlar Nishonboev T (1963-1969yy), (1974-1977 yy), Vaxobjonov B (1969-1974yy), (1978-1983yy), Kamoldinov M. (1987-1988yy), pedagogika fanlari doktori, professor Xasanov T.X. (1987-1998yy), pedagogika fanlari nomzodlari, dotsentlar Turg‘unboev K (1998-1999yy), Teshaboev A (1999y. mart-2002 y. aprel)lar boshqarganlar. 2003 yilda psixologiya kafedrasi mustaqil kafedra sifatida shakllangach unga dotsent Voxobjonov B. rahbarlik qildi. 2005 yildan dotsent Turg‘unboev K., 2007 yildan boshlab psixologiya fanlari nomzodi dotsent M.T.Qo‘chqorov rahbarlik qilishdi. Kafedra o‘tgan o‘quv yillari davomida o‘sib, rivojlanib bordi. 1954-55 o‘quv yilida kafedra tarkibida bitta fan nomzodi, ikkita katta o‘qituvchi va bitta o‘qituvchi bo‘lgan bo‘lsa, 1955 yili kafedraga ishlagani kelgan psixologiya fanlari nomzodlari Voxidov M., Arjanova A.I., va o‘qituvchilar G‘ulomov A, Maxkamov E.lar hisobiga ham miqdor, ham sifat jixatidan tarkibi kengaydi. 1959 yildan kafedrada Oxunov X., Tursunov S., 1962 yildan esa, Ashurova M.lar faoliyat ko‘rsata boshladi. Keyingi yillarda kafedraga juda ko‘plab yoshlar qo‘shildi. 1965 yildan boshlab, Abduraximov Q., Kamoldinov M., 1967 yildan Mamajonov A., 1977 yildan Xasanov T. X., Turg‘unov E., Islomova E.,Sayfutdinova N., 1985-1990 yillar ichida Negmatova A, Rustambekova M (Mutalipova M)., Xodjaev A., Komilova F., Teshaboev A.lar keyingi yillarda esa Isaev A., Tojiboeva G., Sattarova I., Shomurotova N., Norxolova M., Turg‘unova N., Oxunov I.lar ishlay boshladilar. Turli yillar ichida kafedra Rossiya, Ukraina respublikalaridagi yirik ilmiy tadqiqot markazlari bilan olib borgan ilmiy aloqalari, xamkorlik shartnomalari tufayli, Moskvadagi Pedagogika va psixologiya ilmiy- tadqiqot institutlari qoshida Vaxobjonov B (1965-68), Xasanov T. (1972-75), Mamajonov M. (1970-1973), Kiev Davlat universitetida Kamoldinov M. (1967-1970) va Abduraxmonov N.lar (1976-1979) maqsadli aspiranturani o‘tashib, muvaffaqiyatli nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilib qaytdilar. Kafedra a’zolari o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan juda ko‘plab xalqaro, regional, respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy anjumandlarda ishtirok etib keladilar. Kafedra o‘zining yirik ilmiy yo‘nalishi «Shaxs shakllanishi va taraqqiyotining ijtimoiy-psixologo-pedagogik muammolari» bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqda. 1999 yildan yangi yo‘nalish (pedagogika va psixologiya bo‘limi) bo‘yicha mutaxassislar tayyorlana boshlandi. Kafedra qoshida 2005-2006 o‘quv yilidan boshlab, psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga maqsadli kadrlar tayyorlash uchun magistratura ochildi. Xozirgi kunda kafedra universitet tarkibida mutaxassis tayyorlovchi kafedralardan biri xisoblanib 1 ta fan doktori, 6 ta fan nomzodi, dotsent, 5 ta katta o‘qituvchi va 5 ta o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling