Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Guliston Davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi


Download 1.38 Mb.
bet97/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Guliston Davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi 1966 yilda tashkil etilgan. Bosh ilmiy muammo «Bo‘lajak o‘qituvchi shaxsi kasb madaniyati shakllanishining nazariyasi va amaliyoti» mavzusi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilgan. Kafedraga 1966 yillardan boshlab Turg‘unov Q. T, Tsoy Gennadiy, Julanov Q. A, Arimboev S, Abdukarimov H. O. Suvonov, G. Davirova kabi professor o‘qituvchilar boshchilik qilganlar.
Kafedraga 2011 yildan boshlab P. f. n. dots. M. Muxliboev mudirlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada pedagogika fanlari nomzodi, dotsent H Abdukarimov, psixologiya fanlari nomzodlari, dotsent v.b.lar Sh. Usmonova, M. Xolnazarova, katta o‘qituvchilar O. Suvonov, Yo. Nurumbekova, o‘qituvchilar F. Bobojonova, G. Qurbonova, S.Astanova, Shukurova, Sh. Abdusamatova, S.Xaydarova kabi tajribali o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari barcha ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun 13 ta fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka bermoqdalar.
Kafedrada 2011 yildan boshlab “pedagogik psixologiya ” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlab berish yo‘lga qo‘yildi. “Pedagogika psixologiya ” yo‘nalishida bugungi kunda 50 ta talaba ilmu-fan sirlarini o‘rganmoqdalar.
Kafedra qoshida psixologik xizmat markazi markazi va uning qoshida “Ishonch” markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Psixologik markaz quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi: “Oila maktabi” (oilaga tayyorlov kursi), “Ruhiyatingni angla” (psixologik maslahatlar), “Bola psixologiyasi” (farzandingizni bilasizmi? Ota-onalar uchun maslahatlar), “18 ga to‘lmagan kim bor?” (muhabbat psixologiyasi), “Nizo umr zavoli” (nizo, konfliktlarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar), “Kasbim-faxrim” (kasbiy xususiyatlarni o‘rganish va tavsiyalar berish), “Menga so‘z bering!” (Notiqlik maktabi: D.Kornegi tavsiyalari asosida), “Omadli bo‘lish sirlari” (Seminar trening va ishbilarmonlikning psixologik asoslari), “Ogohlikka da’vat” (kriminal psixologiya, sud, psixologik ekspertiza xulosalari).
Buxoro Davlat universiteti psixologiya kafedrasi 1979 yildan boshlab mustaqil kafedra sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Shu davrdan boshlab “Psixologiya” kafedrasi mudiri sifatida: R.A.Tursunov - psixologiya fanlari nomzodi, dotsent (1979-1982 yillar), L.P.Xoxlova - psixologiya fanlari nomzodi, dotsent (1982-1988 yillar), M.N.Usmanova - psixologiya fanlari nomzodi, dotsent (1989-1994 yillar) faoliyat yuritganlar.
Ayni paytda kafedrada asosiy shtatda 22 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Kafedraga O‘zbekiston Respublikasi OAK tomonidan psixologiya fanlari bo‘yicha ilmiy metodik seminar o‘tkazish va etakchi tashkilot sifatida dissertatsiyalarga rasmiy taqrizlar berish huquqi berilgan. O‘zbekiston Respublikasi OAK ning pedagogika va psixologiya fanlari ekspert kengashi xulosasiga asosan 2007 yildan boshlab 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha katta ilmiy xodim izlanuvchi instituti (doktorantura) da 3 nafar hamda 3 nafar mustaqil tadqiqotchi izlanuvchilar o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Kafedra huzurida tashkil etilgan “Psixologik xizmat markazi” orqali viloyatdagi jamoat tashkilotlari, huquq tartibot tizimlari, ta’lim va mehnat muassasalariga hamda mahallalarga ilmiy-amaliy psixologik yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Kafedrada bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida jami 65 nomdagi fanlar o‘qitiladi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling