Toshkent tibbiyot Akademiyasi “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tarixi O‘rta Osiyo universiteti meditsina fakultetining 1931-yilda O‘rta Osiyo meditsina institutiga aylantirilishi davri bilan chambarchas bog‘liqdir.
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dastlabki yillarda alohida kafedra sifatida faoliyat ko‘rsatmagan bo‘lsada, kafedra professor o‘qituvchilari rus tili, chet tili, pedagogika va psixologiya fanlarining zamonaviy muammolaridan talabalarga saboq berib kelishgan.
Kafedrada kasbiy pedagogika, kasbiy psixologiya, ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, kasbiy ta’lim metodikasi kabi fanlardan o‘quv uslubiy majmualar, yagona metodik tizim, ko‘rgazmali materiallar hamda ularning elektron nusxalari yaratildi va darslardan ulardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda kafedrada 10 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Shulardan 1 nafari fan doktori, professor, 1 nafari fan nomzodi, dotsent, 5 nafari katta o‘qituvchi va 3 nafari assissent o‘qituvchilardir.
Qarshi Davlat universiteti psixologiya kafedrasi 1985-yildan e’tiboran pedagogika-psixologiya kafedrasi tarkibidan ajralib chiqqan holda alohida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Psixologiya kafedrasini 1985-1990 yillar dots. G. Mazetova, 1991-1993 yillar dots. A. Jabborov, 1994-1998 yillar dots. N. Boymurodov, 1999-2015 yil professor Azim Jabborov, 2015 yildan psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Xolmurod Karimov boshqarib kelmoqda
Psixologiya kafedrasida 1993-1994 o‘quv yilidan boshlab “5310200- Psixologiya” ta’lim yo‘nalishida oliy ma’lumotli va tayanch mutaxassislik diplomini olish uchun bakalavrlar tayyorlanmoqda. Ushbu mutaxassislik Qashqadaryo viloyatidagi 1200 dan ortiq o‘rta maktablar va 130 dan ortiq o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarini psixolog kadrlar bilan ta’minlab kelmoqda. Psixologiya kafedrasida 21 nafar professor - o‘qituvchilar, 1nafari fan doktori, professor; 4 nfari fan nomzodi dotsent; 4 nafari katta o‘qituvchi; 12 nafari o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi.
Keyingi 5 yilda kafedrada 1 ta nomzodlik dissertasiyasi tayyorlanib (M.Maqsadova) muvaffaqiyatli himoya qilindi. Bundan tashqari kafedraning ilmiy yo‘nalishi “Milliy va xududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘quv–tarbiya jarayonlarini takomillashtirishning ijtimoiy–psixologik xususiyatlari” mavzusida kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan keng miqyosda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, professor A. Jabborov 4 ta, dots. M.Fayzieva 3 ta, dots. L.Beknazarova 3 ta, fan nomzodi M.Maqsadova 2ta monografiya va risolalar nashr ettirishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |