Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi


Download 1.38 Mb.
bet93/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi 1974 yilda tashkil etilgan. 1974 yildan 2001 yilga qadar - "Psixologiya" kafedrasi, 2001 yildan hozirga qadar - "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi deb nomlanadi. O‘tgan yillar davomida quyidagi olimlar kafedraga rahbarlik qilganlar: Obidov A., Narziqulova S., To‘raxonova R., Dadajonov M, Maxkamov U., Sog‘inov N., Qoplonova M., Yuldasheva N. Yadgarova G.
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi Davlat talablari asosida xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, pedagog-rahbarlarning kasbiy mahoratini doimiy ravishda o‘sib borishini ta’minlash hamda o‘qituvchilarni pedagogik va psixologik bilimlari, malaka va ko‘nikmalarni muntazam ravishda yangilab borishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Pedagog-rahbarlarni masofadan malakasini oshirish tizimini tashkil etishda "Pegagogika va psixologiya" yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-metodik manbalar ishlab chiqib amalda joriy etmoqda.
Al Xorazmiy nomidagi Urganch Davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi 1954 yilda tashkil qilingan. Kafedraga ko‘p yillar mobaynida G. M. Bilyalov, M. Matyakubov, U. S. Xujaniyozov, va Yo. Raxmonova, dotsent M. J. Jumaniyozov. ps.f.n..dotsent N.N.Salaevalar rahbarlik qilganlar.
Shu jumladan kafedrada N. Rajapova, Sh. Kuranboev, S. G. Popova, B. Raxmonova, R. O. Ollaberganov kabi ustozlar faoliyat olib borganlar.
Pedagogika va psixologiya kafedrasi 45 yil davomida universitet miqyosida bo‘lg‘usi pedagog kadrlarga pedagogika va psixologiya ilmining dolzarb muammolaridan saboq berib, etuk mutaxassislar tayyorlash jarayoniga salmoqli hissasini qo‘shib keldi.
Keyingi yillarda pedagog va psixologlarga bo‘lgan talablarni inobatga olgan xolda 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab kafedra negizida 5140800-pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlana boshlandi. 2003-2004-o‘quv yilidan boshlab 5 A 140804 – Pedagogika mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bo‘limi o‘z ish faoliyatini boshladi.
Ayni vaqtda pedagogika va psixologiya kafedrasida 22 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib borayotgan bo‘lib, shulardan 17 kishi asosiy shtatda va 5 ta o‘qituvchi o‘rindoshlik asosida ishlab kelmoqda. Shulardan 6 ta o‘qituvchi fan nomzodi, dotsent, 2 ta o‘qituvchi - fan nomzodi, katta o‘qituvchi lavozimlarida ishlamoqda.
Kafedrada 5310200-Psixologiya, 5210200-Psixologiya, 5140800-pedagogika va psixologiya, 5110900-Pedagogika va psixologiya-ta’lim yo‘nalishlari, 5A 110901-Pedagogika, 5A 140801-Ijtimoiy pedagogika mutaxasssisliklari bo‘yicha pedagog, psixolog, shuningdek, idmiy-pedagog kadrlar tayyorlanmoqda.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling