Ivanov Platon Ivanovich (1891 - 1968), professor, Nizomiy nomidagi Toshknet Davlat pedagogika instituti psixologiya kafedrasining mudiri, O‘zbekistonda psixologiya fanining shakllanishiga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri. U 1927 yilda Samarqanddagi O‘zbek pedagogika instituti (pedakademiya)da eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qilgan. 1940 yilda u pedagogika institutlari talabalari uchun psixologiyadan birinchi o‘quv qo‘llanmasini nashr qilgan. Keyinchalik 1934 yili Samarqand pedagogika institutining “O‘zbek davlat universiteti”ga aylantirilishi munosabati bilan P. Ivanov o‘z laboratoriyasi bilan birga Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutiga ko‘chib o‘tadi. Pedagogika o‘quv muassasalarida psixolog kadrlarning etishmasligi tufayli dastlabki psixologiya darslari tarjimonlar yordamida olib borilgan, keyinchalik bu tarjimonlariing o‘zlari mustaqil ravishda psixologiyadan o‘zbek tilida ma’ruzalar o‘qiy boshlashgan. Aliasqar Usmonov, Toxiriyxon Askarxo‘jaev, Sh. Bayburova, Raxmatova va boshqalar shular jumlasidandir. P.Ivanov (1891-1968 yillar) o‘z pedagogik va ilmiy faoliyati davomida 75 dan ortiq ilmiy ishlarini nashr qilgan. Uning turli yillarda nashr qilingan «Umumiy pedagogika» bo‘yicha qisqa ocherk, «Maktabshunoslik», “Tarbiyaning umumiy metodlari”, “Umumiy psixologiya”, “Ta’limning psixologik asoslari” kabi asarlari O‘zbekistonda psixologiya fani rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdi. 1959 yil uning rahbarligida M.G.Davletshin, A. Bekbosov, M. Muzaffarovlar nomzodlik disertatsiyalarini himoya qilishdi.
Krasnobaev Ilya Mironovich (1897 - 1965), psixologiya fanlari doktori, Toshkent Davlat universiteti filologiya fakulteti “logika va psixologiya” kafedrasining mudiri. 1963 yili O‘zbekistonda birinchi bo‘lib «Yuqori sinf o‘quvchilarida e’tiqod, axloqiy tushunchalarning shakllanishi» mavzusida doktorlik ishini himoya qilgan. I. Krasnoboevning ilmiy faoliyati 20 yillarda O‘zbekistonda ilmiy psixologik tadqiqotlar bilan bog‘liq. Uning rahbarligi ostida logika va psixologiya kafedrasi a’zolari: 3. Mo‘minova, V.Ya. Maros, A. Abdusattorov, L.I. Soyfer, A. Gulyamov, R.V. Galyamovlar turli yo‘nalishlarda psixologiya va logika bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarini olib bordilar. Bu tadqiqotlar O‘zbekistonda xalq ta’limi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yordam berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |