Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet71/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Olport Gordon (1897 – 1967), amerikalik psixolog, shaxs dispozitsional kontseptsiyasining muallifi. 1937 yilda nashr qilingan “Shaxs: psixologik talqin” nomli kitobida u psixologiyada shaxs muammosining axvolini sinchiklab tahlil qilgan.
G. Olport er yuzida ikkita bir xil odam bo‘lmaydi, degan g‘oyasini “qirra, sifat” kontseptsiyasi bilan asoslagan. G. Olport qirra, sifat – odamning turli vaziyatlarda o‘zini ma’lum xolda tutishiga moyilligi, deb tushungan. G. Olport shaxsning umumiy va individual sifatlarini ajratdi, keyinchalik individual sifatlarni belgilash uchun “individual dispozitsiya” atamasidan foydalandi.
G. Olport uchta tipdan iborat individual dispozitsiya tipologiyasini ishlab chiqdi: 1) kardinal dispozitsiya, 2) markaziy dispozitsiyalar va 3) ikkilamchi dispozitsiyalar. Kardinal dispozitsiya insonni to‘la qamrab olib, uning hamma xatti harakatlariga ta’sir qiladi. Markaziy dispozitsiya odamning atrofdagilarga namoyon qiladigan (Masalan: mas’uliyat, rostgo‘ylik va x.k. kabi) individual sifatlari. Odamda beshta – o‘nta markaziy dispozitsiya bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi dispozitsiyalar – bu kam ko‘zga tashlanadigan va unchalik mustahkam bo‘lmagan individuallilik sifatlaridir (masalan, ovqat va kiyimga bo‘lgan ta’b).
G. Olport odam, shaxs sifatlari to‘plamiga ega mavjudot sifatida ilgarilab, rivojlanib boradigan sistema, deb hisoblagan. Bu sistemaning eng muhim sifati o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishga intilishdir.
Rodjers Karl (1902 – 1987), amerikalik psixolog, mijoz – markazlashgan psixoterapiyaning muallifi.
Rochester shahrida qo‘pol muomala qurboni bo‘lgan bolalarni o‘rganish bo‘limida ishlab turib, K. Rodjers patsientlar bilan ishlashning original texnologiyasini ishlab chiqdi, bu texnologiya keyinchalik mijoz – markazlashgan psixoterapiya, deb nomlandi. “Mijoz” atamasini muomalaga kiritib, K. Rodjers mijoz – bu o‘z muammolarini o‘zi hal qilishga qodir odam, degan g‘oyani rivojlantirib, psixoterapiyaning mohiyatini qayta ko‘rib chiqishga intildi. Psixoterapevtning vazifasi, shunday iliq emotsional atmosferani yaratishdan iboratki, unda terapevt maslahatchi vazifasini bajara turib eng kam yo‘l-yo‘riqlardan foydalanib, mijozga o‘z shaxsi yaxlitligini va o‘zining mavjudligining mohiyatini anglashiga sharoit yaratishi kerak. K. Rodjersning shu narsaga ishonchi komil ediki, faol empatik-do‘stona tinglash, muloqotda kongruent (lot. Congruens – o‘zaro mos, adekvat) o‘z-o‘zini namoyon qilish va boshqa odamni ijobiy qabul qilish, mijozning to‘laqonli faoliyatda bo‘lishiga sharoit yaratadigan psixoterapiya jarayonini sezilarli optimallashtirishga yordam beradi. K. Rodjersning fikricha, to‘laqonli faoliyatda bo‘lgan odamning asosiy sifatlari: 1) erkinlik, 2) kechinmalarga ochiqlik, 3) o‘z xatti-harakatlari uchun mas’uliyat va 4) kreativlik hisoblanadi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling