Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet67/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Yung Karl Gustav (1875 – 1961), shveytsariyalik psixolog. 1907 yili K. G. Yung Z. Freyd bilan tanishadi. 1911 yili Xalqaro psixoanalitik assotsiatsiyasining birinchi prezidenti etib saylangan. 1913 yili K. G. Yung, Z. Freyd bilan munosabatlarini uzib, o‘z shaxsiy nazariyasini yaratishga kirishdi. 1948 yili K. G. Yung Tsyurixda Analitik psixologiya instituti (Yung instituti) ochilishining tashabbuschisi bo‘ldi.
K. G. Yung shaxs taraqqiyoti odamning butun umri davomida rivojlanadigan dinamik jarayon, deb hisoblagan. K. G. Yungning fikricha, shaxs strukturasi uchta o‘zaro harakat qiluvchi tarkibiy qismlardan iborat: 1) ego, 2) shaxsiy ongsizlik va 3) jamoaviy ongsizlik.
Ego – bu, shaxsning anglanadigan darajada joylashgan qurilmasi. Ego – bu shaxs markazi, o‘z-o‘zini anglashning asosi sifatida ego o‘zida fikrlar, hissiyot va esdaliklarni jamlagan, bular yordamida odam o‘zining yaxlitligi, bir butunligini anglaydi. Shaxsiy ongsizlik – bu, ongsizlik darajasida mavjud bo‘lgan shaxs qurilmasi, o‘zida qachonlardir anglanadigan, lekin hozir siqib chiqarilgan ma’lumotni saqlaydi. Jamoaviy ongsizlik – bu, ongga bog‘liq bo‘lmagan qurilma, unda ajdodlarimiz xotirasining izlari saqlanadi va uning mazmuni har bir odam uchun faqat o‘ziga xosdir. Jamoaviy ongsizlik “arxetiplar”ning to‘plangan joyi. K. G. Yung “arxetip” deganda odam xulqining konkret shakllarining asosida yotadigan ramziy, tug‘ma obrazlarni tushungan. Arxetiplar universal, ramziy obrazlar, degan xulosaga kelib, Animus,_4)_Soya_va_5)_O‘zlik._Persona'>K. G. Yung ko‘plab universal arxetiplarni tasvirlab taqdim qilgan, ular orasida: 1) Persona, 2) Anima, 3) Animus, 4) Soya va 5) O‘zlik. Persona – bu, odamning jamiyatda boshqalar bilan qanday o‘zaro harakat qilishiga javob beradigan arxetip. Persona – bu, odam jamiyat talablariga mos bo‘lishga intilib o‘ynaydigan o‘ziga xos rol. Anima – ongsiz ayollik tomonini aniqlaydigan arxetip, erkakdagi o‘ziga xos ichki ayol obrazi. Animus – bu, ongsiz erkaklik tomonini aniqlaydigan arxetip, ya’ni ayoldagi ichki erkak obrazi. Bu ikkala arxetip erkak va ayolning jinsiy identifikatsiyasini aniqlaydi. Soya – bu, mazmuni odamning ijtimoiy noma’qul impulslaridan iborat arxetip, uning hayvoniy instinktlari. K. G. Yungning fikricha, soya hayotiy kuchning manbai, odamning ijodiy mohiyatidir. O‘zlik — bu, shaxs markazi, uning atrofida boshqa arxetiplar shakllanadi va birlashadi. K. G. Yung o‘zlikni rivojlantirish insoniyat mavjudligining asosiy maqsadi, deb hisoblagan.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling