Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet70/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Frankl Viktor (1905 – 1998), avstriyalik psixolog, logoterapiyaning asoschisi. Ikkinchi jahon urushiga qadar ham mazmun muammosini o‘rganib, V. Frankl shunday xulosaga keladiki, mazmun qidirish odam hayotining birlamchi qo‘zg‘ovchi motivi hisoblanadi. Har bir odam faqat ungagina xos bo‘lgan alohida va qaytarilmas hayot mazmuniga ega. V. Frankl ekzistentsial frustratsiya xodisasini tasvirlab, bu xodisa odamning mazmunga intilish frustratsiyasi, deb tushunadi. Uzoq davom etgan ekzistentsial frustratsiya axloqiy ziddiyat, turli qadriyatlar o‘rtasidagi ziddiyat ko‘rinishidagi noogen nevrozlarga sabab bo‘ladi. Noogen nevrozlarni samarali davolashga yordam beradigan usul V. Franklning fikricha logoterapiya, ya’ni odam ekzistentsiyasini ma’naviy o‘lchash darajasida amalga oshiriladigan terapiya hisoblanadi. Logoterapiya doirasida odam – bu, asosiy vazifasi hayot mazmunini qidirish va uni amalga oshirishdan iborat mavjudot, logoterapiyaning vazifasi esa patsientga uning hayot mazmunini izlashda yordam berishdan iboratdir. V. Frankl ilmiy muloqot doirasiga kiritgan yana bir atama ekzistentsial bo‘shliq tushunchasi bo‘ldi, bu tushuncha ichki bo‘shliq tufayli paydo bo‘ladigan zerikish, loqaydlikni his qilishda namoyon bo‘ladi. V. Frankl boshqa odam mohiyatini anglashning yagona usuli – muhabbat, deb hisoblagan.
Mey Rollo Riz (1909 – 1994), amerikalik psixolog va psixoterapevt. R. Meyning fikricha nevrotik reaktsiyalarning sababi odam ayni paytda hal qilishga qobil bo‘lmagan muammolarda hisoblanadi, bu muammolar o‘z navbatida odamning harakatchanlikni va kelajakka intilishini yo‘qotishiga olib keladi. Havotir muammosini o‘rganib R. Mey shunday xulosaga keladiki, odam havotirlarining asosida u yoki bu qadriyatlarni yo‘qotganligini anglash yotadi, bunday anglash uning ekzistentsiyasi uchun, birinchi navbatda yashash mazmunini yo‘qotishi uchun muhim hisoblanadi. R. Mey havotir odam borlig‘ining ajralmas qismi, usiz shaxsning to‘laqonli rivojlanishi mumkin emas, deb hisoblagan. Shaxsning rivojlanishi uchun, o‘zining hozir kimligi va kim bo‘lmoqchi ekanligi o‘rtasidagi farqni anglash jarayonida yuzaga keladigan ijodiy zo‘riqish zarur. Shaxs shakllanishi jarayonini “Men” hissi rivojlanishi doirasida ko‘rib chiqish mumkin. Odam kumulyativ – tobora kuchayib boradigan erkinlik imkoniyatiga ega, chunki har bir erkin tanlash keyingi tanlash erkinligini orttiradi.
1969 yili R. Mey “Muhabbat va iroda” nomli kitobini nashr qildi, bu kitobida u muhabbat va iroda inson mavjudligining zaruriy sharti, degan g‘oyani ilgari surdi. O‘zining muhabbat haqidagi ta’limotida R. Mey Z. Freydning libido psixoanalitik kontseptsiyasi bilan Platonning Eros ta’limotini birlashtirishga harakat qildi. R. Mey “demon” tushunchasida odam ekzistentsiyasining ambivalent – ijodiy (yaratuvchi) va vayronkor yo‘nalishini ifodalagan. Irodani inson mavjudligining ikkinchi asosiy sharti sifatida ta’riflab, R. Mey irodani odamdan o‘z istaklarini amalga oshirishda ongli qaror qabul qilishni talab qiladigan printsip, deb hisoblagan.
XX asrning o‘rtalarida psixologiyada gumanistik psixologiya deb nom olgan yo‘nalish shakllandi. Gumanistik psixologiyaning tadqiqot predmeti, yaxlit tizim sifatida o‘z-o‘zini aktuallashtirish jarayonida o‘zini amalga oshirayotgan sog‘lom, ijodiy shaxs bo‘ldi. 1963 yili AQSh da gumanistik psixologiya g‘oyalarini faol targ‘ib qilgan gumanistik psixologiya Assotsiatsiyasi paydo bo‘ldi. Gumanistik psixologiyaning asosiy g‘oyalari orasida – odam rivojlanishga va o‘z-o‘zini amalga oshirishga qobil faol va ijodiy sub’ekt, odamni uning noyobligi va yaxlitligini hisobga olgan holda o‘rganish zarur, degan g‘oyalar markaziy o‘rinni egallaydi. Gumanistik psixologiyaning taniqli vakillari G. Olport, K. Rodjers, va A. Masloular edi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling