2.3. Kurs ishi (loyixasi) tarkibi, ularga qoyiladigan talablar
O’quv rejasida mazkur fandan kurs ishi yozish rejalashtirilmagan.
2.4. Mustaqil ta’lim topshiriqlari bо‘yicha tavsiyalar
Oliy o’quv yurti, turli sohalar boyicha ijodiy fikrlashga qodir, Mustaqil ta’lim lay oladigan, yuqori mutaxassislarni tayyorlashni o’z oldiga maksad qilib qoydi. Bunda bir muncha ilg`or usul va ta’lim vositalarini ishlab chiqish va tadbiq qilish asosiy o’rinni egallaydi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining keyingi bir qator hujjatlarida talabalarning Mustaqil ta’lim larini tashkil etish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda.
“Mutaxassislikka kirish” fani defektolog bakalavrning tayyorlash tizimida muhim o’rinni egallaydi.
“Mutaxassislikka kirish” fanini muvaffaqiyatli o’rganish-nazariy bilimlarning keng doirasini o’zlashtirish, maxsus adabiyotlar bilan ishlash malakasini egallashga imkon yaratadi, shuningdek eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar maktabgacha ta’lim muassasasi hamda maktab internatida o’quv ishlarini tashkil etish uchun mashg`ulotlar rejalashtirish, maxsus va umumta’lim darslar uchun reja matn tuzish, mazkur mashg`ulotlar uchun ko’rgazmali qurollar va didaktik materiallarni tanlash va tayyorlashni o’z ichiga oladi.
Talabalarning Mustaqil ta’lim ini tashkil etish jarayonida olib boriladigan Mustaqil ta’lim ning turli ko’rinishlari talabalarning ilmiy ma’lumotlarni analiz qilishni, umumlashtirish, xulosalar chiqarishni nazarda tutadi.
Talabalarning olib borayotgan Mustaqil ta’lim larini turli usullar: mavzuli royxatlar, konspektlar, maxsus adabiyot analizlari, og`zaki bayon etishlarini tekshirish orqali nazorat qilish mumkin.
2.5.Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish boyicha tavsiyalar
Mutaxassislikka kirish(defektologiya mutaxassislikka kirish ) fani ma`ruza, amaliy mashg’ulot va mustaqil ta`lim shaklida tashkil etiladi, interfaol metodlar va zamonaviy texnologiyalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |