Bilimlar hajmini belgilashda geografiya o‘qitish metodikasining roli
Download 74 Kb.
|
BILIMLAR HAJMINI BELGILASHDA GEOGRAFIYA O‘QITISH METODIKASINING ROLI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi talab
- Uchinchi talab
- Geografiya ta’limi uslubiyoti pedagogika fanlari qatoriga kiradi va pedagogikaning
- Geografiya o‘qitish uslubiyotining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat
Ta’lim metodlari o`qitishning umumiy va aniq maqsadlariga hamda maktab ta’limining mazmuniga ham bog`liq. Ta’lim metodlari ko`p hollarda o`quvchilarning ruhiyati va xususiyatlarini e’tiborga olishni ta’lab qiladi. Ta’lim me’todlari muammosi eng asosiy muammolardan biri bo`lib qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak. Birinchi talab: metodning tarbiyaviyligi bunda har qanday metod o`quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlariga e’tiqod, his-tuyg`u qarashlariga ta’sir ko`rsatadi. Ta’limning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirish metodning tanlanishiga bog`liq; Ikkinchi talab: metodning ilmiyligi dars berish va ta’limning har qanday metodi o`quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi. Metod ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo`lsa, shunchalik ravshan va aniq bo`ladi. Eng muhimi shundaki, biror metod yordamida qanday umumiy va aniq vazifalarni hal etish mumkinligini, u qanday mazmunga mos kelishini, faoliyatning qanday turlarini talab qilishni va ularni qanday tashkil etish lozimligini ko`ra bilish kerak. Metodning ilmiyligi geografik voqea va hodisalarni, qonuniyatlarni to`g`ri anglashni ta’minlaydi va o`quvchilarni to`g`ri ilmiy tasavvurga olib boradi. Uchinchi talab: Metodning ommabopligi. Bunda o`quvchilar rivojlanishining pedagogik-ruhiy imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Demak, o`quvchi metod tanlaganida o`quvchiga nimalarni tushuntirish kerakligi haqida emas, balki u nimani tushuna olishi haqida ham o`ylashi kerak. To`rtinchi talab. ta’lim metodining samaradorligi, uning o`quv materialini mustahkam egallashga qaratilganligidir. Beshinchi talab. O`z ish faoliyatida ilg`or tajribalarni qo`llash va uni muntazam o`rganish. Nazariya va amaliyotda ta’lim metodlari bilan bog`liq yangiliklarni doimo o`rganib borish lozim. Geografiya o`qitish metodlari haqida so`z borar ekan, “metod”, “usul” degan so`zlar yonma-yon uchraydi. Metod usul bir-biridan ba’zan farq qilmaydi, bir xil ma’noda yuritilib kelinadi. Masalan, kartalarni solishtirish - taqqoslash metodi deb yuritiladi. Bu noto`g`ri. Chunki, kartalarni solishtirish metod emas, u solishtirish usulidir, xolos. O`zbek tilidagi mavjud qo`llanmalarda taqqolash ham, solishtirish ham birdek taqqoslash deb ishlatiladi. Bu chalkashliklardir. Taqqoslash-o`rganilayotgan geografik ob’yektni ilgari o`rganilgan ob’yekt bilan taqqoslash tufayli o`ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Masalan: Janubiy Amerika cho`lini Osiyo cho`li bilan, Sirdaryoni Yenisey bilan taqqoslab, ularning o`ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. Taqqoslash og`zaki bayon metodining bir usulidir. Solishtirish kartalarni solishtirish va tahlil qilish bilan bir geografik ob’yektga xos bo`lgan ob’yekt va hodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. Masalan: turli mazmundagi kartalar solishtirilib, tahlil etiladi. Solishtirish- kartografik qo`llanmalar bilan ishlash metodining bir usulidir. Metod-usullar yig`indisidan iborat. Usul esa metodning tarkibiy qismidir. Geografiyaga xos bo`lgan karta bilan ishlash metodi bir necha usullarni o`z ichiga oladi. Masalan: a) karta bo`ylab sayohat; b) yozuvsiz kartaga geografik ob’yektlarni tushirish; v) kartalarni solishtirish va x.k. Geografiya ta’limi uslubiyoti pedagogika fanlari qatoriga kiradi va pedagogikaning asosiy qoidalariga suyanib aniqlangan geografik faktlar tushunchalar va qonuniyatlarga shuningdek didaktika tamoyillarining vazifalarini belgilaydi. Shu bilan birga o‘zining usul va yo‘llarini yaratadi va shu asosda hayot tatqozo qilgan turli muammolarni hal qiladi. O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish qonuniyatlarni tadqiq qilar ekan, geografiya o‘qitig tajribasini metodika fani yanada boyitadi. Ta’lim-tarbiya ishlarining sifatini oshirish, yaxshilash va o‘qituvchilarga amaliy yordam beradi. Geografiya o‘qitish uslubiyotining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: Har bir maktab geografiya kursining maqsadi, mazmuni va ahamiyatini belgilash uning mazmunini takomillashtirib borish unda o‘quvchilarning yosh xususiyatini hisobga olish geografiya fanining asosiy g‘oya, tushuncha va qonuniyatlarini ajratib olish darsni o‘zlashtirishga imkon beradigan ta’lim yo‘llarini aniqlash, geografik ma’lumotlar asosida o‘quvchilarda dunyoqarash g‘oyalarini shakllantirish, o‘quvchini axloqililik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek o‘quvchilarga amaliy ko‘nikma va malakalarni singdirish, ta’lim-tarbiya jarayonida ularning faolligini oshirish, mustaqilligini ta’minlaydigan samarali usullarni aniqlash, umumiy ta’limda geografik bilimlarni tizimlashtirish o‘quvchilarni mehnatga o‘rgatish, turli geografiya kurslariga mos keladigan o‘quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olingan, ilmiy jihatdan asoslangan bilimlarni amalda tekshirib ko‘rish va shu asosda o‘qituvchilarni qurollantirish ta’limni tashkil etishning yangi an’anaviy va noan’anaviy usullaridan foydalanish, darslik va o‘quv qurollariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqarish kurslari bo‘yicha o‘quvchilar yoshiga mos keladigan o‘quv qurollarini va ulardan foydalanish uslublarini ishlab chiqarish o‘quvchilarni o‘lkashunoslik va sinfdan tashqari ishlarning mazmuni turlari bilan tanishtirish masalalarini hal qiladi. Ta’lim va tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini didaktika tadqiq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, didaktikaning mohiyati ta’lim-tarbiya jarayoni hisoblanadi. U aniq o‘quv fanlari uchun ta’lim va tarbiya jarayoni bilan shug‘ullanmaydi. Demak, geografiya o‘qitish uslubiyoti ilmiy pedagogik fan bo‘lib, u o‘qituvchilarga geografiyadan puxta bilim berish, ularni dialektik-materialistik dunyoqarash ruhida tarbiyalash va o‘qitiladigan geografiya fanining maqsadini, ta’lim-tarbiya vazifalari, mazmuni, usullarini hamda geografiya o‘qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. Geografiya o‘qitish uslubiyotining asosiy fan sifatida universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlari geografiya fakul’tetlarining o‘quv rejasiga kiritilishi va uni o‘rganishdan ko‘zda tutilgan maqsad bo‘lajak o‘qituvchilarni maktabda geografiya o‘qitishning ilmiy asoslari bilan qurollantirishdan iborat. Bilish nazariyasi geografiya o‘qitish uslubiyotining metodologik va nazariy muammolarga: ilmiy-tadqiqot uslublari va predmeti; chet ellarda va O‘zbekistonda geografiya ta’limida; geografiya va uning alohida kurslari bo‘yicha o‘qitish maqsadi va vazifalari; geografik bilimlarni egallashda ta’lim bilan tarbiyaning birligi; o‘quvchilarda geografik bilim, ko‘nikma malakalari va dunyoqarashni shakllantirish; geografiya ta’limi jarayonining umumiy qonuniyatlari kiradi. Download 74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling