Bilimlarni taqdim etishning freymli modellari Reja


Download 0.92 Mb.
bet3/19
Sana24.12.2022
Hajmi0.92 Mb.
#1055755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Bilimlarni taqdim etishning freymli modellari (1)

3. Freymning tuzilmasi
Predikatlar hisobi va semantik tarmoqlar bilimlarni tasvirlashda kuchli vositalar hisoblanadi, lekin ular murakkab strukturalashgan obyektlarni yoki hodisalarni etarlicha yaxshi tavsiflay olmaydi. Chunki, murakkab strukturalashgan obyektlarda yoki hodisalarda qo’llaniladigan qoidalar nabori-bu bir-biri bilan aniq shaklda bog’liq bo’lmagan yozuvlarning chiziqli ro’yxatidan iborat [1-3].
Mantiqiy tizimlar ham qandaydir strukturaga birlashmagan formulalar bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lib, ushbu formulalarga kirivchi mulohazalar, predikatlar yoki obyektlar oddiy o’zgaruvchilardan iborat bo’ladi. Semantik tarmoqlarda tugunlar holati fazoda qayd qilinmaydi, ya’ni tarmoq tugunlarini izomorfli almashtirishganda biz butunlay boshqa ko’rinishdagi tarmoqni hosil qilamiz, likin tarmoqning shakli o’zgargani bilan ushbu tarmoqdagi tugunlar orasidagi bo’g’lanishlar o’zgarmaydi [1-3].
Shunung uchun freymli modellarda obyektni va hodisalarni to’liq tasvirlashga alohida e’tibor beriladi. Har bir freym bilan quyidagi ma’lumotlar bog`langan bo’ladi:
1) Freymdan qanday foydalanish haqida;
2) Freymni bajarishdan qanday natijalar kutish kerakligi;
3) Kutganingiz oqlanmasa nima qilish kerak.
Freymlarning bilimlarni tasvirlash modeli sifatidagi asosiy yutuqlari –bu model inson xotirasining fikrlash asosini tashkillashtirishni hamda uning egiluvchanligi va ko’rgazmaliligini aks ettiradi. Shuningdek, boshqa tarmoqli modellardan farqli ravishda, freymli modellarda axborot birliklar orasidagi aloqalar qat’iy tuzilishga ega bo’ladi. Amaliy jihatdan freymli modellardan sun’iy intellektda, ya’ni exspert tizimlarda bilimlarni tasvirlashda keng foydalanildi.
Freym bir qator tavsiflangan slotlardan tashkil topgan strukturalardan iborat bo’ladi. Slot ikkita elementdah iborat: slot nomi va slot qiymati. Slotlarning nomlaridan tushunchalarning o’xshashligini aniqlashda foydalaniladi. Slotlarning qiymatlari sifatida boshqa freymlarning nomlari ham qatnashishi mumkin.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling