Bilimlarni taqdim etishning freymli modellari Reja


Xodimlar Familiyasi


Download 0.92 Mb.
bet7/19
Sana24.12.2022
Hajmi0.92 Mb.
#1055755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Bilimlarni taqdim etishning freymli modellari (1)

Xodimlar

Familiyasi

Tug’ilgan yili

Mutaxasisligi

Staji

Axmedov

1959

Matematik

5

Ganiev

1960

Elektronshik

20

Axrorov

1957

Токарь

30

Bo’ronov

1960

Fizik

25

Jadval nomi freym nomiga beriladi, ustun nomlari freym slotlari nomlariga aylanadi (10.5-jadval) .
10.5-jadval.

Freym nomi: Xodimlar

1-slot-Familiyasi: Axmedov, Ganiev, Axrorov, Bo’ronov
2-slot-Tuilgan yili: 1959, 1960, 1957, 1960,
3-slot-Mutaxassisligi: Muxandis, O`qituvchi, Shofyor, Duradgor
4-slot-Staji (yil): 5, 20, 30, 25

Freymning kengaytirilgan tuzilmasi . Har qanday freym nom va quyidagi tuzilmadan tashkil topadi (10.6-jadval):
10.6-jadval.

Freym nomi.

1-slot nomi

Meros ko’rsatkichi

Atribut ko’rsatkichi

Slot qiymati

Demon

...













N-slot nomi













10.6-jadvalda ko’rsatilganindek, har bir freym ixtiyoriy sondagi slotlardan iborat bo’lib, ulardan bir nechtasi maxsus funksiyalarni bajarish uchun odatda tizimning o’zi yordamida aniqlanadi, qolganlari esa foydalanuvchi tomonidan aniqlanadi.
10.6-jadvalda:
1) Freym nomi – bu freym uchun belgilangan identifikator. Freym berilgan freym tizimostida noyob nomga ega bo`lishi kerak.
2) Slot nomi – bu slotga tayinlangan identifikator. Freymga tegishli slot yagona nomga ega bo'lishi kerak. Odatda slot nomi hech qanday yuklash ma’nolarini olib kelmaydi va berilgan slotning identifikatoridir, lekin ba’zi hollarda u maxsus ma’noga ega bo`ladi. Bu nomdagilarga strukturalashgan obyektlarni tasvirlash uchun ishlatiladigan IS-A, HASPART, RELATIONS, FIND BY, COMMENT va hokazolarni kiritish mumkin. Bu slotlar tizimli deyiladi va bilimlar bazasini tahrirlash va chiqarishni boshqarishda ishlatiladi;
3) Meros ko’rsatkichlari - bu ko`rsatkichlar faqat “mavhum-aniq (abstrakt-konkret)” muomalasiga asoslangan iyerarxik tipdagi freym tizimlarga tegishlidir, ular quyi darajadagi xuddi shunday nomli freymlarga ega bo`lgan yuqori darajadagi freymning slot atributlari haqidagi qandaydir axborotni ko`rsatadi. Tipik meros ko`rsatkichlari quyidagilar:
U (Unique) – noyob. Slot qiymati meros qoldirmaydi, Nasl-freymlarning bu slotida turli noyob qiymatlar bo’ladi;
S (Same) – xuddi shunday. Barcha nasllarla bu slotning qiymati dastlabki nasl-freym slotiga mos bir xil bo’lishi lozim;
R (Range) – interval. Slot qiymati ayrim chegarada yotadi;
O (Override) – e’tiborga olmaslik. U va S ko’rsatkichlarning funksyalarini bir vaqtda bajarish.
U freymning har xil qiymatli slotga ega bo`lish mumkinligini ko`rsatadi, S – hamma slotlar bir xil qiymatga ega, R – quyi darajali freym slotining qiymati, yuqori darajadagi freym slotining qiymatlari bilan ko`rsatilgan oraliqda bo`lish kerak, O – yuqori darajadagi freym slotining qiymati ko`rsatilmaganda past darajadagi freym slotining qiymatini qo`yish, lekin quyi darajadagi freym slotining yangi qiymati aniqlanganida slot qiymatining sifatini ko`rsatadi.
4) Attributlar (ma’lumotlar tipi) ko'rsatkichi – bu slotning son qiymatiga egaligini ko`rsatadi yoki boshqa freymga ko`rsatkich bo`lib xizmat qiladi. Ma’lumotlar tipiga quyidagilar kiradi: FRAME (ko`rsatkich), INTEGER (butun), REAL (haqiqiy), BOOL (bul toifali), Linked (bolangan protsedura), TEXT (matn), LIST (ro`yxat), TABLE (jadval), EXRRESSION (ibora) va boshqalar.
5) Slot qiymati – bu slotdagi ma'lumotlar turiga mos keluvchi va meros shartlarini qanoatlantiruvchi qiymat bo’lib, u slot qiymatini kiritish punktida slot ma’lumotining ko`rsatilgan toifasi bilan ustma-ust tushishi va shajara shartlarini bajarishi kerak.
6) Demon – bu qandaydir shart bajarilganda avtomatik ravishda ishga tushadigan protsedura. Demon deb, bir qancha shartlarni bajarganda avtomatik yuklanadigan protseduraga aytiladi. Demonlar mos slotlarga murojaatda yuklanadi. Bundan tashqari demon bog’langan protseduralarning turli xilligidir. Demonlar freym modelining muayyan slotiga murojaat bo’lganda ishga tushadi. Misol uchun, demon IF-NEEDED ishga tushadi, agarda uning qiymati slotga kirish vaqtida o'rnatilmagan bo'lsa; IF-ADDED ishga tushadi, agarda slotga qiymat qo’yilsa; IF-REMOVED ishga tushadi, agarda slotning qiymati o'chirilgan bo'lsa.
7) Bog’langan protseduralar. Slotning qiymati sifatida protsedura tipidagi dasturni ishlatish mumkin. Freym qiymatlarini ko`rsatish modelida protsedurali va deklarativ qiymatlar birlashadi deganimizda demonlar va bolangan protseduralarni protsedura qiymatlar deb hisoblaymiz.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling