Bilimlarni taqdim etishning freymli modellari Reja


Freymlarni tashqi tasvirlash


Download 0.92 Mb.
bet8/19
Sana24.12.2022
Hajmi0.92 Mb.
#1055755
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Bilimlarni taqdim etishning freymli modellari (1)

Freymlarni tashqi tasvirlash. Freymlarni tashqi tasvirlash formati quyidagicha bo’ladi [6]:
FRAME () =
PARENT: < freym nomi- ota>
<1-slot nomi> () [?] {}:
(<1-qiymat>; <2-qiymat>; ...; )
<2-slot nomi> () [?] {}:
(<1-qiymat>; <2-qiymat>; ...; )
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
() [?] {}:
(<1-qiymat>; <2-qiymat>; ...; )
ENDF
Bu erda:
- фрейм, ota freymi va slot nomlari – simvollar (kirilcha va/yoki lotincha harflar, raqamlar, probellar, ta’kidlash belgilari) ketma-ketligidan iborat bo’ladi;
- slot turisimvolli, raqamli yoki lingvistik o'zgaruvchilardan iborat bo’lib, sonli tipdagi slot va lingvistik o'zgaruvchilarning tavsifi zarur hosoblanadi, tavsiflanmagan slot jimlik qoidasi bo’yicha simvolli o’zgaruvchi sifatida qabul qilinadi, slot turlarining tavsifi aylana () qavsga olinadi;
-slot savoli – kvadrat [] qavsga olingan ixtiyoriy simvollar ketma-ketligidan iborat bo’ladi (slot savolining bo’lishi shart bo’lmasligi ham mumkin, bu holda unung o’rniga «Qiymatni tanlang» yoki «Qiymatni kiriting» kabi ifodalardan foydalanish mumkin);
-slotga tushuntirishlar – figurali {}qavsga olingan matnli nom (*.txt) yoki grafikli fayl (*.bmp) bo’lishi mumkin (slotga tushuntirishlar bo’lmasligi ham mumkin);
-slotning qiymati–simvollarning ixtiyoriy ketma-ketligidan iborat bo’lib, slotning qiymatlari bir-biridan nuqta-vergul (;) bilan ajratiladi (slotning qiymatlar ro’yxati bo’lmasligi ham mumkini), freym-ekzemplyar sloti bittagina qiymatga, freym-sinf va freyn-nusxa slotlari chegaralanmagan qiymatlarga ega bo’lishi mumkin;
Freymlarga misollar:
Mevalar [(“Baxmal” olmasi: 10T), ("Ro’zimat ota” uzumi: 10T), (olcha: 200 kg)].
Yetkazib berish [(nimani ...) (qayerdan ...) (qayerga ...), (nima bilan...), (qachon ...)].
Safarga [(Kim), (qachon), (qayerga), (nega)].
Keling, "Safar" freymining misolini ko'rib chiqaylik, unda kim, qachon, qayerga va nima uchun safarga jo’natilganligi haqida ma'lumotlar mavjud. Bunday freymni yozish va saqlash uchun avvalo freymning tuzilishini, ya’ni ushbu freym qanday slotlardan tashkil topganligini aniqlaydigan freym-prototip yaratiladi. Freym-prototiplarda slotlar sifatida: Kim, qachon, qayerda, nima uchun o'zgaruvchilari mavjud.
Xodimlar safari bilan bog'liq bo'lgan muayyan hodisalar uchun ularning qiymatlari freym-prototip bilan almashtirilishi mumkin. Freym-protipni to'ldirgandan keyin biz freym-ekzemplyar ko’rinishiga ega bo’lamiz:
Safarga [ (Saidov O’.M.), (10.01.18-20.01.18) (Toshkent), (kitoblarni olib kelish bo'yicha shartnoma imzolash)].
To'ldirilmagan freym protofreym va to'ldirilgan freym esa ekzofreym deb ataladi. Protofreymlar qoidaga ko’ra faqat slotlarning ro'yxatini emas, balki jimlik qoidasiga asosan ular uchun ba'zi bir qiymatlarni ham o’zida aks ettiradi. Shunday qilib, protofreym ob'yekt yoki holatning ma'lum bir andozasini tasvirlaydi.
Agarda aniq ob'yekt yoki vaziyat kuzatilganda slotlarning boshlang’ich qiymatlari jimlik qoidasi bo’yisha o’rnatilsa, u holda freym ekzemplyari - ekzofreym yaratiladi. Ba'zi bir slotlar standart qiymatlarga ega bo'lmasligi mumkin. Misol uchun, mashina yoki kiyimlarda odatiy rang yo'q [6-8].
Freymni konkretlashtirishda, freymga va slotlarga maxsus nomlar beriladi va slotlar to'ldiriladi. Protofreymlardan freym – ekzemplyarlar hosil qilinadi. Freym ekzemplyari - bu slotlarining qiymatlari aniqlangan freym hisoblanadi. Boshlang’ich protofreymdan freym-ekzempyarga o’tish slotlarning qiymatlarini ast-sekinlik bilan aniqlashtirish hisobiga ko'p bosqichli bo'lishi mumkin.
Slotning qiymatlari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin [6-8]: raqamlar, munosabatlar, matematik munosabatlar, tabiiy tildagi matnlar, dasturlar, xulosalash qoidalari, mavjud freym yoki boshqa freymlarning boshqa slotlariga havolalar, "Ichkima-ichki joylashish" tamoyilini ifodalovchi quyi darajadagi slotlar nabori.
Freym-ekzemplyarda slotlarning qiymatlarni olishining bir necha uslubi mavjud [6-8]:

  • freym-namunadan jimlik holati bo'yicha (Default-qiymat);

  • freymning AKO slotida ko’rsatilgan meroslik xossalari yordamida;

  • slotda ko'rsatilgan formuladan foydalanib;

  • birlashtirilgan protsedura yordamida;

  • foydalanuvchilar bilan muloqat jarayonida;

  • ma'lumotlar bazasidan.

Slot sifatida boshqa freym ham qatnashishi mumkin va u boshqa obyektlardan tashkil topgan strukturalashgan obyektlarni tavsiflashni ta’minlaydi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling