AKO-aloqalar. Obyekt yoki jarayon haqidagi malumotlarni strukturlashgan holda bitta freymda ifodalash, fikriy jarayonlarini boshqa freymlar bilan slotlar yoki AKO (a kind of-bu) belgilari yordamida boglash orqali ifodalash mumkin [6-8].
Freymlar nazariyasining muhim xossasi semantik tarmoqlar nazariyasining o`zlashtirilishi hisoblanadi va freymlarda hamda semantik tarmoqlarda ketma-ketlik AKO-aloqalarga (A-Kind-of = bu) bog`liq holda amalga oshiriladi. AKO sloti freymga aniq tartiblashmagan ierarxiyaning yuqori bosqichini ko`rsatadi, yani analogli slotlarning mazmunlari o`tkaziladi (10.6-rasm). Bu yerda O`quvchi tushunchasi yuqori qismda joylashgan Bola va Inson freymlari ketma-ketligi xossasi sifatida kelayapti. Unda O`quvchilar shirinlikni yaxshi ko`radimi? degan savolga Ha deb javob berishi kerak (chunki, ushbu xossaga bolalar ega).
Xossalarning ketma-ketligi xususiy bo`lishi ham mumkin, shuning uchun o`quvchilarning yoshi Bola freymidan tartiblanmaydi, chunki o`zining shaxsiy freymida yosh aniq ko`rsatilgan. Freymlarning asosiy yutug`i, u inson xotirasining konseptual asosini, qolaversa uning qanday nozik va ko`rkamligini ko`rsatib bera oladi.
Inson Bola O`quvchi
10.6-rasm. AKO-aloqali freymli tarmoqlar.
IS-A -aloqalar. Iyerarxik freymli struktura freymlararo IS-A munosabatni bazalashtirib, u qandaydir bir konferensiyani tavsiflaydi. Barcha freymlar Sana, Joy, Mavzuning nomlanishi, Maruzachi haqidagi malumotlarni o`z ichiga oladi. Shu yo`l bilan yuqori darajada Konferensiya freymi aniqlanadi.
Konferensiyalar iqtisodiy va rivojlanishiga qarab ajratiladi. Ularga slotlar qo`shilishi mumkin: tijorat hajmi va byudjet.
Misol. Konferensiyaning ierarxik freymli taqdim etilishi (10.7-rasm).
10.7-rasm. “Konferensiya tushunchasining ierarxik freymli ifodalanishi.
Masalan, «qism-butun» munosabati «stul» va «mebel» yoki «talaba» va «odam» freymlari ortasida qollanilishi mumkin. Shuninhdek, fazoli, vaqtli va «sabab-oqibat» munosabatlari bilan berilgan freymlar semantik tarmoqlar tipidagi strukturlarni hosil qiladi.
Misol. Mebel va Stul tushunchalarining «qism-butun» munosabati yordamida freymli talqini (10.8-rasm).
10.8-rasm. «Qism-butun» munosabatli freymlar tarmog’i.
|
Misol. “Auditoriya” tushunchasining «qism-butun» munosabati yordamida freymli talqini (10.9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |