Bilimsizlik bilan ishga kirishsang, Foydasi bo'lmaydi qancha tirishsang. 2019-yil
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5341492182828195581
-illa qo'shimchasi qanday hollarda -ulla tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi?
A) bir bo'g'inli so'zlarga qo'shilganida B) i yoki a unlisi bilan tugagan so'zlarga qo'shilsa C) o va u unlisi bilan tugagan so'zlarga qo'shilganida D) u unlisi va v undoshi bilan tugagan bir bo'g'inli so'zlarga qo'shilganida 188. Yuragim hayajondon gupullab uradi. Ushbu gapdagi ya-sama so'z qanday sintaktik vazifa bajargan? A) aniqlovchi B) kesim C) ega D) hol 189.Pastda esa odamni oqiza-digan katta suv xarsanglarga bosh urib shovullab oqayapti. Ush-bu gapda qaysi so'z turkumiga oid so'z xato yozilgan? A) ot B) ravish C) fe'l D) sifat 190.1. Qitirlamoq. 2. Taraqlamoq. 3. Charaqlamoq. 4. Shovullamoq. 5. Chiyillamoq. 6. Uvullamoq. 7. Hayhaylamoq. 8. Qarsillamoq. 9. Chirsillamoq. Ushbu so'zlar tarkibidagi fe'l yasovchi qo'shimchalarni aniqlang. 13 A) 1, 2, 3, 7 - -la, 4, 5, 6, 8, 9 - -illa B) 1, 2, 3, 4, 7 - -la, 5, 6, 8, 9 - -illa C) 1, 2, 3- -la, 4, 5, 6, 7 8, 9 - -illa D) barchasida -la 191.Fe'llar tuzilishiga ko'ra necha xil bo'ladi? A) 3 xil B) 4 xil C) 2 xil D) 9 xil 192.Bir asosli so'z yasovchi qo'shimchalar yordamida hosil qilingan fe'llar fe'lning tuzilishiga ko'ra qaysi turiga kiradi? A) sodda B) qo'shma C) takror D) juft 193.Xadichaning uzunchoq sarg'ish yuzi qizardi. Ushbu gapdagi yasama fe'l qaysi turkumdan hosil qilingan? A) sifatdan B) otdan C) ravishdan D) olmoshdan 194.Xadichaning uzunchoq sarg'ish yuzi qizardi. Ushbu gap tarkibidagi so'zda qanday fonetik o'zgarish sodir bo'lgan? A) tovush almashinishi, tovush tushishi B) tovush tushishi C) tovush tushishi, tovush ortishi D) tovush almashinishi 195. Chollar kulgidan qotib qoldilar, ularning burishgan yuzlari ruhlanib, ko'zlarini kulgi namladi. Ushbu gapda fe'lning tuzilishiga ko'ra qanday turlari mavjud? A) qo'shma B) sodda C) yasama D) tub 196.Dunyoda pok odamlar qanchalik ko'paysa, nopok odamlar shunchalik kamayadi. Ushbu gapdagi fe'l qaysi turkumdan yasalgan? A) ravish B) sifat C) ot D) olmosh 197.Fe'lning qo'shma shakli necha xil yo'l bilan hosil qilinadi? A) 4 xil B) 3 xil D) 1 xil D) 2 xil 198. Fe'lning qo'shma shakli qanday yo'llar bilan hosil qilinadi? 1. Ot, sifat, son, olmosh, undov, taqlid so'zlarga fe'l qo'shish yo'li bilan. 2. Fe'lga fe'l qo'shish yo'li bilan. 3. Yordamchi so'zlarga fe'lni qo'shish orqali. 4. Oraliqdagi so'zlarga fe'lni qo'shish orqali. A) 1, 2 B) 2, 3, 4 C) 1, 3 D) barchasi 199.Ot, sifat, son, olmosh, undov, taqlid so'zlarga, odatda, qaysi fe'llar qo'shilsa, qo'shma fe'l hosil bo'ladi? A) kel, ket B) qil, et, bo'l C) qil, et, bo'l, ayla D) barchasi 200.Ot, sifat, son, olmosh, undov, taqlid so'z + fe'l qo'shili-shi bilan qo'shma fe'l hosil bo'lgan fe'llarga misol keltiring. A) parvoz qilmoq, ta'sir qilmoq, bir bo'lmoq, eski bo'lmoq B)chirs etmoq, tarbiya qilmoq, bunyod qilmoq, sayr etmoq, taq etmoq, e'tiroz bildirmoq C)sotib olmoq, borib kelmoq, kirib chiqmoq, olib kelmoq D) A va B 201. Fe'l + fe'l shaklidan hosil bo'lgan qo'shma fe'llarga misol keltiring. A)parvoz qilmoq, ta'sir qilmoq, bir bo'lmoq, eski bo'lmoq B)chirs etmoq, tarbiya qilmoq, bunyod qilmoq, sayr etmoq, taq etmoq, e'tiroz bildirmoq C)sotib olmoq, borib kelmoq, kirib chiqmoq, olib kelmoq D) A va B 202. Qo'shma fe'llarning ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmalaridan nima farqi bor? A)qo'shma fe'llarga alohida so'roq beriladi B)qo'shma fe'llarda bir fe'l o'zining lug'aviy ma'nosini yo'qotgan bo'ladi C)qo'shma fe'l tarkibidagi fe'llar o'z lug'aviy ma'nosini saqlagan bo'ladi D) A va C 203.Xamiryaxshi qorilsa, barakasiyaxshi bo 'ladi. Ushbu gapda qo'shma fe'llar nechta? A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) qo'shma fe'l yo'q 204.- Shunday o'ylasangiz yanglishasiz, - deb e 'tiroz bildirdi Abdukarim. Ushbu gapda nechta yasama fe'l mavjud? A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) qo'shma fe'l yo'q 205.- Shunday o'ylasangiz, yanglishasiz, - deb e'tiroz bildirdi Abdukarim. Ushbu gapda fe'lning tuzilishiga ko'ra qaysi turlari mavjud? A) sodda, qo'shma B) sodda, juft C) qo'shma, juft D) faqat sodda 206.Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz kabob olib keldi. Ushbu gapda nechta mustaqil so'z bor? A) 6 ta B) 7 ta C) 8 ta D) 5 ta 207.Ikki fe'lning juftligidan tashkil topgan, bitta so'roqqa ja-vob bo'luvchi va gapda bitta gap bo'lagi vazifasida keluvchi fe'llar qanday ataladi? A) sodda fe'llar B) qo'shma fe'llar C) juft fe'llar D) takroriy fe'llar 208.Fe'lning tuzilishiga ko'ra qaysi turi ish-harakatning tez va kutilmaganda ro'y berishini ifo-dalaydi? A) sodda fe'llar B) qo'shma fe'llar C) juft fe'llar D) takroriy fe'llar 209.Oldi-berdi, bordi-keldi, ur-yiqit kabi so'zlar qaysi turkumga oid? A) ot B) fe'l C) sifat D) olmosh 210.Ana, hech narsa bo'lmaganday yayrab-quvnab, ochilib-sochilib yurishibdi. Ushbu gapda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi-ning yetakchi qismi fe'lning tuzilishiga ko'ra qaysi turi bilan ifodalangan? 14 A) sodda fe'l B) qo'shma fe'l C) juft fe'l D) takroriy fe'l 211.Qayerga qadami tegsa, o'sha yerni birpasda saranjom qiladi-qo'yadi. Ushbu gapdagi juft fe'l haqidagi to'g'ri hukmni toping. A) juft fe'l ko'makchi fe'lning tarkibiy qismi B) juft fe'l qo'shma fe'lning tarkibiy qismi C) juft fe'l yasama D) A va C 212. 1. Aqliy faoliyat fe'llari. 2. Holat fe'llari. 3. Jismoniy faoliyat fe'llari. 4. Nutqiy faoliyat fe'llari. Bular fe'lning qaysi xususiyatiga ko'ra turlari sanaladi? A) tuzilishiga ko'ra B) nimani atab kelishiga ko'ra C) tarkibiga ko'ra D) ma'nosiga ko'ra 213. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling