Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi diqqat
Download 176.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diqqat psixodiagnostikasi
- SEGEN DOSKASI
Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi diqqat Diqqat psixodiagnostikasi. Diqqat psixodiagnostikasida korrektur sinov va Gorbov Shulte jadvallaridan foydalanish masalalari. Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish imkoniyatlari. Xotira psixodiagnostikasi. Diqqat psixodiagnostikasi Shaxsni psixologik o‘rganishda eksperimental metodikalar majmui qo‘llaniladi (S.Ya.Rubinshteyn (1970); B.V.Zeygarnik (1976); V.M.Bleyxer (1976); E.T.Sokolova (1980); L.F.Burlachuk, S.M.Morozov (1989). Lekin bolalar taraqqiyotini psixologik diagnostika qilish metodlariga bag‘ishlangan amaliy tavsiyalar juda kam. (I.A.Sikorskiy, 1901; E.Klapared 1911; K.N.Kornilov, 1921; I.V.Kruk, 1983; A.S.Spivakovskaya, 1988). Pedagogika universitetlari va institutlari talabalari uchun pedagogik faoliyat amaliyotida qo‘llash mumkin bo‘lgan aniq psixologik metodlarni beradigan o‘quv qo‘llanmalar yo‘q. Psixologiya bo‘yicha mavjud o‘quv qo‘llanmalar esa talabalarni bolalarni psixologik o‘rgani metod va metodikalar bilan juda oz darajada tanishtiradi. (V.S.Muxina, 1985; M.V.Gamezo, I.A.Domashenko, 1986). Ilk bolalik davrining psixodiagnostikasi turli yosh davrlarida bola rivojlanishini baholash imkonini beradigan uning psixik taraqqiyot me'yorlariga mos yoki mos emasligini aniqlash, mavjud me'yordan chetga chiqishlarini aniqlash, uni tuzatishning individual choralarini rejalashtirish va oldini olish bo‘yicha vositalar va metodlar majmuidan iborat. SEGEN DOSKASI Bu metodika oligofrenopedagogika asoschilaridan biri E.Segen tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bolaning shakllarni farqlash qobiliyatini aniqlashga, motorika xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan (N.A.Shivarev, 1970). Qattiq qog‘oz kartonga 1-rasmdagi figuralar chiziladi. Keyin ular ehtiyotkorlik bilan qirqib olinadi. Har bir variant bir-biridan murakkabligi bilan ajralib turadi: 1 - doskada 10 ta har xil butun figuralar bor; 2 - doskada 2 ta figura bo‘lib, ularning har biri ikki qismdan iborat; 3 - doskada har biri ikki va uch qismdan iborat 4 ta figura; 4 - doskada ikki qismdan iborat 5 figura. Bolaga 10 soniya davomida doska ko‘rsatiladi. Keyin doskadagi figuralar stol ustiga tushadigan qilib ag‘dariladi. Eksperimentator ularni aralashtirib, har bir figurani o‘z joyiga qo‘yishni so‘raydi. Tajriba boshida eksperimentator 2-3 namunani ko‘rsatib berishi mumkin. Keyin bolaning o‘zi topshiriqni qanday bajarayotganini diqqat bilan kuzatadi. Bunda bola «sinash va xato qilish» kabi harakatlar qiladimi, figuralarni joyiga qo‘yishda bola qanchalik diqqat-e'tiborli, buni u qanchalik o‘rganadi, tadqiqotchi shu kabilarga e'tibor berib, kuzatishi kerak. Birinchi topshiriqni bajargandan so‘ng, keyingi qiyinroq topshiriqqa o‘tiladi. Sinaluvchining har bir topshiriqni bajarish vaqti, uning qilgan harakatlari maxsus qog‘ozga yozib boriladi (3- jadval).Sinaluvchi topshiriqlarni o‘zi bajara olmasa, 1 daqiqadan so‘ng unga yordamlashish mumkin. Download 176.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling