Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi diqqat
Download 176.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Link kubi
Bu metodika diqqat barqarorligini, ziyrakligini, hissiy reaktsiyani aniqlashga imkon beradi. Tajriba o‘tkazish uchun 3x3 sm. kattalikda bir xil 27 kichik kubiklardan iborat kub kerak. Kichik kubchalarning tomonlari 3 xil (qizil, yashil, sariq) ranglarga bo‘yalgan bo‘ladi, ulardan tashqi tomonidan bir xil rangdagi katta kubik yasash mumkin bo‘lsin. Bolaga bir xil rangli kub ko‘rsatiladi (masalan, qizil), so‘ngra buzib tashlab, xuddi shundayini yana qurish kerakligi aytiladi. Eksperimentator qo‘shimcha ravishda bolaga, agar u qizil tomonini ichkarida qoldirsa, unda qizil rang tashqari tomonda etishmasligi aytiladi. Topshiriqni bajarish vaqtida sinaluvchining ziyrakligiga, uquvchanligiga, tez bajarishiga, hissiyotiga ahamiyat beriladi. Bularni hammasi oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yozib qo‘yiladi. sinaluvchi qurish usulini qanchalik tez o‘zlashtirganligi ham yozib qo‘yiladi, uch tomondan ham qizil kubikchani burchaklariga, bitta ham qizil tomoni yo‘q kubikni o‘rtaga joylashtirish kerak. Sinaluvchi 3-4 kubikni qo‘liga olib, qurish usulini yaxshi tushunmagan bo‘lsa, unga aytib yordam ko‘rsatiladi. Lekin bu bolaning ziyrakligi oz rivojlanganligidan dalolat beradi. Eksperimentator bola topshiriqni bajarayotganida uning harakatlarini, xatolarini, diqqati xususiyatlarini kuzatib, yozib boradi. Masalan, diqqatdagi xatolar quyidagicha bo‘lishi mumkin: a) bu kubikning joyini to‘g‘ri aniqlab, sinaluvchi uni noto‘g‘ri aylantirib Yuboradi, shundan so‘ng xatoni to‘g‘rilash qiyin bo‘ladi; b) o‘rtaga ikki tomoni qizil kubik qo‘yib qo‘yilsa ham shunday xato bo‘lishi mumkin, o‘rtaga faqat bir tomonida qizil bor kubiklarni qo‘yish kerak. Bu xatolar diqqatning parishonligidan, barqaror emasligidan dalolat beradi. (S.YA.Rubinshteyn, 1970). Bu vazifani bajarishda bolalar ikki usulni qo‘llaydilar. Birinchisi, muvafaqqiyatsizroq bo‘lib, sinaluvchi navbatdagi joyni to‘ldirish uchun kubik izlaydi. Ikkinchi usulda, sinaluvchi har bir kubikni qo‘liga olib, uning uchun mos joyni izlaydi. Odatda topshiriqni bajarishni birinchi usul bilan boshlaydilar, lekin birozdan so‘ng ikkinchi usul bilan topshiriqni bajarishga kirishadi. Bolalar kubiklarni qurishga turlicha munosabatda bo‘ladilar. Masalan, 3-4 yoshli bolalar qo‘llanmani darrov tushunmaydilar va ularning ko‘pchiligi topshiriqni bajarishda tartibsiz harakat qiladilar. 6-7 yoshli bolalar bo‘lsa, xatolarga yo‘l qo‘ysalar ham, diqqat bilan, tartibliroq harakat qiladilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham topshiriqni bajarishda xatoga yo‘l qo‘yadilar. Lekin ular bu topshiriqni tezroq bajaradilar. 10-11 yoshli bolalar qo‘llanmani yaxshi tushunadilar, o‘z xatolarini o‘zlari tuzatadilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling