Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi diqqat


Diqqat psixodiagnostikasida korrektur sinov va


Download 176.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana06.11.2023
Hajmi176.01 Kb.
#1750961
1   2   3   4
Bog'liq
pdf

Diqqat psixodiagnostikasida korrektur sinov va 
Gorbov Shulte jadvallaridan foydalanish 
masalalari 

Bu metodikadan diqqatning ko‘chish va bo‘linish xususiyatlarini, sensomotor 
reaktsiyalar tezligini o‘rganish uchun foydalaniladi. Sinaluvchilarga 1 dan 25 
gacha sonlar ixtiyoriy joylashtirilgan 5 ta jadval ketma - ket ko‘rsatiladi. U 
sonlarni tartib bilan izlab ko‘rsatishi va ovoz chiqarib aytishi kerak. Har bir 
topshiriqni bajarish vaqti tadqiqot qaroriga yozib boriladi (5-jadval). 

Sinaluvchi faoliyatini miqdoriy baholashdan tashqari sensomotor 
reaktsiyalar tezligining sifatiy tahlili ham amalga oshiriladi. «Topshiriqni 
bajarish xususiyatlari» bo‘limiga sinaluvchi o‘zini qanday tutganligi, verbal 
va emotsional reaktsiyalari yozib boriladi. 6-7 yoshli bolalar uchun bitta 
jadvalni 1-1,5 daqiqa qarash me'yoriy hisoblanadi, o‘rtacha o‘quvchilar 
uchun 45 soniyadan 1 daqiqagacha me'yor hisoblanadi. Katta bog‘cha 
davridagi bolalar va 1-2-sinf o‘quvchilari ba'zi sonlarni chalkashtirib 
Yuboradilar. 10-12 yoshli bolalar uchun sensomotor reaktsiyalar tezligi 
oshishi, harakatlarning avtomatlashuvi xarakterlidir.


Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt 
testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish 
imkoniyatlari

Bu metodika 1923 yilda S.C.Koss tomonidan taklif etilgan bo‘lib, fazoda ish 
tutish, diqqat, ziyraklik, qurish, yasash xususiyatlarini o‘rganishga 
mo‘ljallangan. Bu metodika D.Wechslerning (1939, 1955) metodikasiga 
aqlni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan. Odatda uni kattalarni tekshirishda 
qo‘llashadi, lekin bunday topshiriqlarni bolalar ham qiziqib o‘ynaydilar. 
Bolalar berilgan namunaga ko‘ra kubiklardan figuralar yasashlari kerak(5-
ilova).

Tajriba o‘tkazish uchun bir xilda bo‘yalgan plastmassa yoki yog‘och kubiklar 
kerak bo‘ladi. Kubiklarning kattaligi 3x3 sm, shakli va rangi har xil figuralar 
chizilgan 10 ta rasm zarur. Sinaluvchi uchun ko‘rsatma: «Shunday figurani 
to‘rtta kubikdan yasab ko‘r». Rasmning birinchi namunasi ko‘rsatiladi va 
sinaluvchi taklif etilgan figurani kubiklardan yasay boshlaydi. 



Kubiklarni rasmning ustiga qo‘yib, topshiriqni bajarish man etiladi. Vaqt 
hisobga olinadi. Topshiriqni bajarishning aniqligiga va uzoqligiga bog‘liq 
ravishda miqdoriy baho qo‘yiladi. Bog‘cha yoshidagi va boshlang‘ich 
sinfdagi bolalar topshiriqni bajarishganda ozroq yordam berish mumkin. 
Bola agar qiynalsa, 1-2 figurani yasab ko‘rsatish kerak. Bunda 
eksperimentator faqatgina yasab ko‘rsatmasdan, qurish printsipini ham 
tushuntiradi. Figurani yasab bo‘lgach, eksperimentator kubiklarni buzib 
tashlaydi va sinaluvchiga mustaqil kubiklarni yasashni aytadi. Tadqiqot 
qarorida ko‘rsatilgan yordam va bajarilgan vaqt yozib qo‘yiladi.



Download 176.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling