Bilish naza


Emotsiyalar. iroda, ishonch


Download 53 Kb.
bet11/12
Sana06.05.2023
Hajmi53 Kb.
#1435868
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
6 Bilish nazariyasi; asosiy muammolari va yo\'nalishlari

Emotsiyalar. iroda, ishonch, ideal. Ilgari sezgilar hodisalarning muhim jihatlariga nisbatan neytral deb qaralar edi. Odatda bu neytrallik mavjud bo‘lmaydi. Bu holda sezgilar sub’ektga yuz berayotgan voqeaning shaxsiy ma’nosini tushunish imkonini beruvchi kechinmalar sifatida amal qiladi. Hodisalar va holatlar ahamiyatini bevosita his etish emotsiyalar deb ataladi. Ijobiy emotsiyalar – lazzatlanish, quvonch, hayrat, muhabbat va sh.k. Salbiy emotsiyalar - qo‘rquv, hayiqish, nafrat, qayg‘u va sh.k. Insonning emotsiyalar dunyosi juda murakkab bo‘lib, uni psixologiya atroflicha o‘rganadi. Falsafiy jihatdan emotsiyalar dunyosini ekzistensializm ko‘proq o‘rgangan bo‘lib, bu erda ekzistensial deganda ko‘pincha vaziyatli emotsiyalar (kuchli ruhiy hayajonlanish, ehtiroslar) emas, balki inson borlig‘ining barqaror strukturalari tushuniladi. Inson emotsiyalariga uning butun hayot tajribasi kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zan bir so‘z bilan ifodalangan qisqacha xabar inson o‘limiga sabab bo‘lgan hollar ma’lum.
Iroda inson ruhiyatining har xil shakllari orasida – sub’ektning o‘z faoliyatini o‘zi tartibga solishi muhim ahamiyatga ega. Kant va Fixte uchun iroda axloqiy tamoyillarni ro‘yobga chiqarish manbai, inson amaliy faoliyatining negizi hisoblanadi. Shopengauer va Nitsshe uchun iroda – borliqning irratsional impulsi. Bu erda iroda ruhiyat doirasidan butunlay chiqariladi.
Ishonch insonning qadriyatlari va mo‘ljallari dunyosida biron-bir narsa yoki hodisani haqiqiy deb qabul qilishi muhim ahamiyatga ega. Ishonchga shubha zamin hozirlaydi, u bir qancha ruhiy holatlar natijasida ishonchga aylanadi. Ilohiyotchilardan farqli o‘laroq, faylasuflar shubha va ishonchning o‘zaro nisbatiga ko‘proq e’tibor beradilar. Diniy e’tiqod odatda vahiyning bevosita mahsuli sifatida isbotlashga muhtoj emas deb qaraladi.
Idealpirovard kelajakning muayyan obrazi emas, balki qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan har xil nazariy va boshqa tasavvurlarning kelajakka qaratilgan majmui. Ideal doim ham pirovard maqsadning ustunligiga bog‘lanmaydi. Muayyan pirovard maqsadning ustunligi, ayniqsa, agar u olis kelajakda bo‘lsa, utopiyaga olib keladi. Ayrim utopistlar erkinlikning ustunligini tan oladi, boshqa utopistlar bu o‘ringa adolatni qo‘yadi, utopistlarning uchinchi toifasi faqat ijtimoiy mulkni tan oladi, to‘rtinchi toifasi esa, aksincha, xususiy mulkni hamma narsadan ustun qo‘yadi.

Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling