Bilish naza


Download 53 Kb.
bet10/12
Sana06.05.2023
Hajmi53 Kb.
#1435868
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
6 Bilish nazariyasi; asosiy muammolari va yo\'nalishlari

Obyektiv haqiqatbilimlarimizning inson insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan mazmuni. Bizning bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy guruhga bog‘liq bo‘lgan unsur mavjud bo‘ladi. Binobarin, o‘z bilimlarimizda subyektiv unsurlarga bog‘liq bo‘lmagan va shu sababli obyektiv hisoblanadigan mazmunni qayd etishimiz lozim. Obyektiv haqiqat rivojlanib, ikki shakl: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi.
Mutlaq haqiqatpredmetni kelajakda to‘ldirilishi yoki unga aniqlik kiritilishi mumkin bo‘lmagan tarzda to‘la, mukammal bilishdir. Olam vaqt va makonda cheksizligi tufayli bunday bilimga amalda erishish mumkin emas. Haqiqat tushunchasini mutlaq haqiqat tushunchasi bilan tenglashtirib, biz unga erishib bo‘lmasligi, demak, umuman bilish mumkin emasligi haqida gapiramiz. Biroq fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlanadi, chunki u nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifatida tushuniladigan haqiqatni bilishga qodir. Boshqacha aytganda, obyektiv haqiqat to‘la va mukammal ko‘rinishdagi mutlaq haqiqatdir.
Nisbiy haqiqatborliqni asosan to‘g‘ri aks ettirsa-da, obraz obyektga uncha mos emasligi bilan ajralib turadigan bilim. Nisbiy haqiqat to‘g‘ri, biroq noto‘liq, taxminiy, vaqt va joyning ma’lum tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir.
Isbotlash va rad etish. Fanning u yoki bu qoidasining haqiqiyligi yoki soxtaligi, aniq-ravshan ko‘rinib turmaydi. Faqat eng sodda mulohazalar o‘zining haqiqiyligini tasdiqlash uchun sezgi idrokidangina foydalanishni talab qiladi: ko‘rsatish mumkin bo‘lgan narsani isbotlashning hojati yo‘q.
Fanning aksariyat qoidalari sezgi a’zolari orqali bilish darajasida va boshqa haqiqatlardan alohida emas, balki mantiqiy tafakkur darajasida, boshqa haqiqatlarga bog‘langan holda, ya’ni isbotlash yo‘li bilan haqiqiy deb qabul qilinadi. Isbotlash – ilmiy tafakkurning muhim vositasi.
Har qanday isbotda tezis, isbotlash uchun asoslar (dalillar) va isbotlash usuli mavjud. Haqiqiyligi yoki soxtaligi isbotlash yo‘li bilan aniqlanayotgan qoida tezis deb ataladi. Tezisning soxtaligini aniqlash rad etish deb ataladi. Isbotlashda foydalanilayotgan va isbotlanayotgan tezisning haqiqiyligini ko‘rsatayotgan barcha qoidalar asoslar yoki dalillar deb ataladi. Asoslar va dalillar ishonchli dalillar haqidagi qoidalar, ta’riflar, aksiomalar va ilgari isbotlangan qoidalardan tashkil topadi.

Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling