Bilish Nazariyasi Ma'ruzani olib borish texnologiyasi
Hissiy, empirik va nazariy bilish birligi
Download 130.94 Kb.
|
4Bilish nazariyasi
Hissiy, empirik va nazariy bilish birligi. Ko‘p sonli ma'lumotlar sezgi a'zolari orqali va oqilona bilish nafaqat bir-biri bilan bog‘liq, balki bir-birini taqozo etishidan dalolat beradi. Inson ruhiyati bir-birini belgilashning ko‘p sonli zanjirlariga ega bo‘lgan murakkab tizimidir. Shu sababli, sezgining mazmuni nafaqat tashqi ta'sirlantiruvchi kuch, balki tafakkur, xotira, xayolning holati bilan ham belgilanadi. Sezish va tafakkur mumkin bo‘lgan narsalar o‘zaro mushtarakdir.
Aytaylik, bizni - sariq, yumaloq va shirin «olma»ning ruhiy obrazi qiziqtiradi. Bu yerda uch tushuncha: rang tushunchasi, geometrik shakl tushunchasi va ta'm tushunchasi aniq-ravshan ko‘rinib turibdi. Rang tushunchasi har xil ranglarni qamrab oladi, biroq ayni holda ularning orasida faqat sariq rang mavjud. Ta'm tushunchasi ayni holda «shirin» tushunchasi bilan ifodalangan. Olmaning ruhiy obrazi ko‘p sonli tushunchalar va ularning sezgi darajasida aniqlash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlarining kesishuvi sifatida amal qiladi. Agar tushunchalarni chiziqlar, sezgi shakllarini – nuqtalar bilan ifodalasak, har qanday ob'ektning ruhiy obrazi chiziqlar va nuqtalarning kesishish markazi sifatida amal qiladi. Bilishning sezish va tafakkur shakllari kesishish nuqtasida yaxlit bir butun narsani hosil qiladi. «Bu olma»ning yaxlit ruhiy obrazi sifatida «olma» tushunchasi bilan olma haqidagi tasavvurning sintezi amal qiladi. Olma tushunchasi aynan «shu» olmaning yaxlit ruhiy obrazi emas. Olma haqidagi tasavvur olma obrazini yaratmaydi. Faqat birgalikda, bir-biri bilan chatishgan holda olma tushunchasi va olma haqidagi tasavvur «bu olma»ning yaxlit ruhiy obrazini yaratadi. Sezgi a'zolari orqali va oqilona bilishning birligini ifodalash uchun alohida atama kerak. Antik falsafa va adabiyotda qo‘llanilgan «eydos» atamasi, bizningcha, sezgi a'zolari orqali va oqilona bilishning birligini ifodalash uchun eng qulay va aniq atamadir. Eydos «ko‘rinish, obraz» degan ma'noni anglatadi. Antik falsafada eydos deganda ko‘pincha tafakkur va ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalar tushunilgan. «Eydos» atamasi odatda sezgi a'zolari orqali va aql bilan bilish mumkin bo‘lgan narsalar to‘g‘risida so‘z yuritilgan hollarda qo‘llaniladi. Bilish nafaqat sezish va anglash mumkin bo‘lgan narsalar, balki eydoslardan ham iborat. Hodisaning eng yaxlit ruhiy obrazi eydosdir. Download 130.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling