Bilish Nazariyasi Ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 130.94 Kb.
bet36/38
Sana17.09.2023
Hajmi130.94 Kb.
#1680145
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
4Bilish nazariyasi

Xulosalar. Inson bilimining jadal sur'atlarda rivojlanishi ijod qilishni o‘rganish vazifasini qo‘yadi. Ijodiy faoliyat hamda ta'lim metodlarini o‘rganish haqidagi fan evristika deb ataladi. Ilmiy davralardagi suhbatlar, fikrlar almashinuvi, munozaralar, muammoli vaziyatlar tahlili – shaxsning ma'naviy, ijodiy qobiliyati rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Intuitsiya va ijodni formal mantiq vositalari yordamida tavsiflash mumkin emas, biroq evristik metodlar orqali sub'ektning iste'dodi, xotirasi, zehni, tasavvurini safarbar etishni talab qiluvchi yangilik ustida izlanishlar olib boriladi.
Induktiv tafakkur – hodisalarning bir qismini o‘rganish orqali olingan bilimni hodisalarning butun turkumiga nisbatan tatbiq etish evristik usul hisoblanadi. O‘xshashlik bo‘yicha tafakkur ham evristik mushohada yuritishning haqiqatga erishishni kafolatlamaydigan, biroq oddiy faraz ham hisoblanmaydigan usulidir. Matematik modellashtirish ham evristik usul hisoblanadi. Fanning barcha tamoyillari evristik mazmunga ega. Masalan, fizikada muvofiqlik prinsipidan foydalaniladi: eski va yangi nazariya o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi kerak, yangi nazariyaning matematik apparati ma'lum darajada eski nazariyaga mos kelishi lozim. Falsafa evristik xususiyatga ega, shu sababli yuksak cho‘qqilarni egallash intuitsiya va ijodni anglab yetishning ta'sirchan vositalaridan biri hisoblanadi.
Tajribaviy amaliy matnlar
Sezgi, idrok, xotira, xayol, tasavvur, empirik bilim, kuzatish, eksperiment, ilmiy dalil, nazariy bilim, muammo, ilmiy muammo, muammoli vaziyat, gipoteza, nazariya, kategoriya, paradigma, tafakkur, mantiqiy tafakkur, tushuncha, mulohaza, xulosa, intuitsiya, evristika, induktiv tafakkur.
Qo‘shimcha va tushuntiruvchi matnlar

Hissiy bilish darajalari





Xayol -ongda mavjud obrazlarni qayta ishlanishi



Xotira o’tmish va hozirgi zamonni birlashishi, ularning bir-biriga o’tishi



Tasavvurlar – bu bir paytlar insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko’rsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar .




Download 130.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling