Bilishning mazmun va mohiyati ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Hissiy darajadagi bilimning shakllari


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/40
Sana19.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1361752
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Bog'liq
5-ma\'ruza matni

Hissiy darajadagi bilimning shakllari. Sezgi a'zolari orqali olingan bilim 
– hissiy bilimlardir. Narsalarning 
xossalarini sezgi a'zolari sezish va idrok etish natijasida olingan bilim hissiy bilimdir.
Masalan, inson uchayotgan 
samolyotni ko
‘radi va buning nimaligini biladi.
Sezgi. Bilish faoliyatida sezgi 
– narsalar ayrim xossalarining sezgi a'zolari orqali his qilingan oddiy obrazi, 
in'ikosi, nusxasi yoki o
‘ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi. Masalan, aplesinda biz to‘q sariq rang, o‘ziga xos 
hid, ta'mni sezamiz. Chunki, sezgilar insondan tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va uning sezgi a'zolariga ta'sir 
ko
‘rsatayotgan jarayonlarda yuzaga keladi. Ovoz va yorug‘lik to‘lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta'sir va hokazolar 
tashqi ta'sirlantiruvchilar hisoblanadi.
Forobiy bilishning ikki shakli 
– hissiy va oqilona bilishni farqlaydi. Insonni tashqi dunyo bilan bog‘lovchi sezgilar 
roliga e'tiborni qaratar ekan, Forobiy ularni besh turga ajratadi. U sezgilarni bilimning asosiy manbai deb hisoblab, sezgilar 
faqat narsaning in'ikosi narsaning o
‘ziga mos tushgan holda haqiqiy bo‘lishi mumkin
3
deb ta'kidlaydi. Forobiyning bilishda 
va umuman hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi qarashlari Aristotelning «sezmaydigan odam hyech narsani 
bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda o
‘xshash.
Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida bilimlarni o
‘zlashtirishga qodir. «Aql kuchi» 
borliq narsalarining fikriy in'ikosini o
‘zida gavdalantiradi. Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon 
jismlari va ularning shakllarini bilishga harakat qiladi. Shu oxirgi bosqichda insonga ta'sir ko
‘rsatuvchi koinot aql bilan 
birikadi va boqiylik xususiyatini kasb etadi.
Aql dunyoning yaralish bosqichlari sifatida inson va birinchi sabab o
‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat 
qiladi, birinchi sabab esa, o
‘z navbatida, aqlga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Harakatlanuvchi aql jon bilan ruh orqali bog‘lanadi, 
jon inson tanasidan o
‘rin oladi, shunday qilib, nodunyoviy hayot jihatlari insonga o‘tadi va pirovardida inson mohiyati
bilimlari 
– uning aqli boqiylik xususiyatini kasb etadi.
Forobiy fikricha, sezgilar tartibga ega bo
‘lganidek, aqlning ham o‘z tegishli tartibi mavjuddir
4
. Birinchi metod 
tabiiy fanlar (fizika)ga, ikkinchisi 
– matematikaga mos tushadi. Ikkala metoddan ham faqat fanda narsa va hodisaning u yoki 
bu jihatini teranroq tushunish maqsadida foydalaniladi.
Sezgilar dunyoning sifat jihatidan rang-barangligining ob'ektiv xususiyatini aks ettiradi va uning ta'sirida yuzaga 
keladi. Sezgilar hodisalarning miqdor ko
‘rsatkichlari haqida ham ancha boy axborot beradi. Sezgilar bir xil ohangdagi 
ovozlar o
‘rtasidagi farqni ularning kuchiga qarab, rang tuslarini, temperaturadagi o‘zgarishlarni, narsalar va jarayonlardagi 
boshqa farqlarni ancha aniq aks ettiradi. Sezish qobiliyatining yo
‘qolishi muqarrar tarzda ongning yo‘qolishiga olib keladi.
Sezishning ko
‘rish, eshitish, tebranish, paypaslash, ob-havo, og‘riq, muvozanat va tezlashishni his etish, hid, ta'm 
bilish kabi umumiy organik turlari farqlanadi
. Sezgilarning har bir shakli o
‘zining ayrim ko‘rinishi orqali materiya 
harakatining mazkur shakli va turi, masalan, elektromagnit, ovozli tebranishlar, kimyoviy ta'sirlar va hokazolarning umumiy 
xossalarini aks ettiradi.
Har qanday predmet juda ko
‘p har xil jihatlar va xossalarga egadir. Masalan, qand bo‘lagini olaylik: u qattiq, oq, 
shirin, ma'lum shakl, hajm va vaznga ega. Bu xossalarning barchasi bir predmetda mujassamlashgan. Biz bu xossalarni 
alohida-alohida emas, balki yaxlit holda - qand bo
‘lagi sifatida idrok etamiz va tushunamiz. Binobarin, yaxlit obrazni idrok 
etishning ob'ektiv negizini predmetning turli jihatlari va xossalari birligi va ayni vaqtda ularning ko
‘p sonliligi tashkil etadi.
Sezgi 
– ob'ektiv dunyoning sub'ektiv obrazi, degan tamoyil sifatlarni birlamchi va ikkilamchiga mexanik tarzda 
ajratishga qarshi yo
‘nalgan. Bu nuqtai nazardan birlamchi sifatlar (shakl, hajm va h.k.) narsalarning ob'ektiv mavjud 
xususiyatlari in'ikosi hisoblanadi, ikkilamchi sifatlar (rang, ovoz va h.k.) sof sub'ektiv xususiyat kasb etadi. Ayni bir sezgiga 
narsalarning har xil xossalari mos kelishi mumkin: oq rang sezgisi ko
‘rish doirasidagi to‘lqinlar barcha uzunliklarining 
elektromagnit xossalari qorishmasini ham, qo
‘shimcha ranglar har qanday juftligi (qizil va ko‘k-yashil, sariq va safsar) 
qorishmasini ham aks ettiradi. Bundan oq rang to
‘lqin yoki narsa yuzasining ob'ektiv xossasi sifatida qaralishi mumkin 
emas, degan yanglish xulosa chiqariladi. Qora rang to
‘lqin xossasi emas: uning sharti – ko‘rish doirasida nurlanishning 
yo
‘qligi. To‘lqin yo‘q narsa haqida axborot bera olmaydi. Bundan quyidagi soxta xulosa kelib chiqadi: rang, hid – bu 
narsalarning xossalari emas, balki bizning sezgilarimizdir (E.Max); «rang» so
‘zi bilan ruhiy kechinmalarning muayyan 
toifasi belgilanadi (V.Ostvald). Dunyo esa ovozsiz, bo
‘yoqlar va hidlardan xoli. Unda issiq ham, sovuq ham mavjud emas. 
Bularning hammasi 
– faqat bizning sezgilarimiz.
Bu yerda masalaning ikki tomonini: sezgilar manbasi nimaligi va ularning psixofiziologik mexanizmi qandayligini 
farqlash lozim.
Obrazning sifat jihatidan aniqligi predmetning sifat jihatidan aniqligini aks ettiradi. Jismning tebranishi yoki ayni 
shu elektromagnit nurlarni tarqatishi jism tuzilishi, uning harorati va boshqa xossalariga bog
‘liq bo‘ladi. Masalan, har bir 
metall olovni o
‘z rangiga bo‘yaydi; har bir modda u yonayotgan gazga aylanganida o‘z rangini kasb etadi. Qor ko‘zimizga 
oq bo
‘lib ko‘ringani uchun oq emas, balki u amalda oq bo‘lgani uchun ham biz uni shunday ko‘ramiz. Mexanitsistlar va 
sub'ektivistlarning narsa unga qarayotganimizdagina rangga va uni hidlayotganimizdagina hidga ega bo
‘ladi, degan fikriga 
qo
‘shilib bo‘lmaydi. Ko‘z o‘zining rang sezadigan apparati bilan o‘zi idrok etuvchi rang mavjud bo‘lgani tufayli yuzaga 
kelgan va mavjud.
3
Qarang: Farabi. Kitab al-Xuruf. 
– Dushanbe: Ilm, 1972. – 23-b. 
4
Farabi. Kitab al-Xuruf. 
– Dushanbe: Ilm, 1972. – 24-b. 


Idrok. Sezgi a'zolariga bevosita ta'sir ko

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling